Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq yoshlari doimo e’tiborda (+video)
14:03 / 2023-01-23

Qashqadaryo viloyatida Nishon tumani hokimligi va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo‘limi hamkorligida tumanning olis hududlarida istiqomat qilayotgan imkoniyati cheklangan yoshlarning holidan xabar olindi. Jumladan, mas’ullar tomonidan tumandagi "Oydin" MFYda yashovchi O. Alixanov hamda "Janub mash’ali" MFYda yashovchi X. Qultayevlarning xonadoniga borilib oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, anomal sovuq kunlarida tuman va sektor rahbarlari tomonidan joylardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shuningdek, imkoniyati cheklangan oilalarga bir qator amaliy yordamlar ko‘rsatilmoqda.  

Birgina Nishon tumanidagi 606 ta xonadonga 72 tonnadan ziyodroq ko‘mir tarqatilgani, 25 nafar fuqaroga elektr pechlari berilib, ehtiyojmand oilalarga 16 ta gaz ballonlari bepul tarqatilgani bunga   yaqqol misoldir.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/eZjnLeU2gEM" title="Qishloq yoshlari doimo e’tiborda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

 

O‘zA