Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jalik klasteri xodimlari rag‘batlantirildi
11:04 / 2020-12-14

Andijon viloyati Bo‘ston tumanidagi «Sayyora favvorasi» xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik klasteri mehnatkashlaridan bir guruhi "Respublika qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan rag‘batlantirildi.

Tadbirni qishloq xo‘jalik klasterining moliyaviy masalalari bo‘yicha direktori Bahodirjon Qodirov olib bordi va klaster tizimi xodimlari, suvchilar, mexanizatorlarni, shuningdek, agrar soha rivojiga hissa qo‘shgan mehnat faxriylari hamda tuman fermerlarini kasb bayramlari bilan tabrikladi.  

bugungi kunda qishloq xo‘jaligi klasteri tasarrufida 1786 gektar ekin maydoniga ajratilgan 34 ta bo‘limda olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinib, samarali ish olib borayotgan bo‘lim boshliqlari va xodimlari, ekin maydonlaridagi ekinlarni zararkunandalardan xoli, sog‘lom va durkun parvarishlashda o‘z hissalarini qo‘shib kelayotgan biolaboratoriya xodimlari mehnatlarini ham alohida e’tirof etildi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy qismi Bo‘ston tumani markazidagi «O‘zbegim» tantanalar saroyida davom etdi.

- Klaster xo‘jaligida ishlab kam bo‘lganimiz yo‘q, - deydi Bo‘ston tumanidagi «Sayyora favvorasi» xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik klasterining 28–bo‘limi boshlig‘i Lolaxon Boymirzayeva.

Ana shunday bugun qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotganlar nafaqat mamlakat, balki o‘zi va oilasi iqtisodiyotini yanada yuksaltirmoqda.  

Ilhomjon TOJIBOEV,

«Sayyora favvorasi» xususiy korxonasi paxta to‘qimachilik klasteri matbuot xizmatchisi