English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligining ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi
20:37 / 2026-01-17

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik va bog‘dorchilik yo‘nalishlarida faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari ish faoliyati muhokama qilindi.

Yig‘ilishda sohadagi mavjud holat, ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari hamda rivojlanish imkoniyatlari atroflicha tahlil etildi.

Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari Abror Xidirov, tuman hokimi Xusniddin Suvonov, shuningdek, sohaga aloqador tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida fermer xo‘jaliklari faoliyati soliq, majburiy ijro byurosi, statistika, banklar, qishloq xo‘jaligi va kadastr xizmatlari mutaxassislari tomonidan o‘rganilgani qayd etildi. Har bir yo‘nalish kesimida ishlab chiqarish samaradorligi, moliyaviy hisobotlar, ish o‘rinlari hamda qonunchilik talablariga rioya etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, ayrim baliqchilik xo‘jaliklarida hisob-kitoblar va rasmiy hisobotlar o‘rtasida tafovutlar mavjudligi, ishchi-xodimlar bandligini ta’minlash hamda soliq intizomiga rioya etish bo‘yicha kamchiliklar borligi ta’kidlandi.

Shu bilan birga, tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish salohiyati yuqori ekani, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, aholi bandligini ta’minlash va yangi daromad manbalarini yaratish mumkinligi qayd etildi.

Yig‘ilishda fermer xo‘jaliklariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirish, hisobotlarni qonunchilik talablari asosida yuritish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va sohani yanada rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

G‘ulom Primov, O‘zA