Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining bosh qarorgohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
18:24 / 2022-05-12

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Italiyaga tashrifi doirasida Rim shahridagi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasining (IFAD) bosh qarorgohiga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, jamg‘armaning Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Yevropa davlatlari dasturlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Dina Saleh bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va IFAD o‘rtasidagi hamkorlik masalalari, dehqon va fermerlar daromadlarini oshirish, bog‘dorchilik va chorvachilikni rivojlantirish hamda  ushbu sohaga xususiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilingan.

Suhbat chog‘ida Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishlariga moslashish, qishloq xo‘jaligini diversifikatsiya va modernizatsiya qilishga alohida e’tibor qaratildi.

2023-2027-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston va Jamg‘arma o‘rtasida hozirda ishlab chiqilayotgan hamkorlik strategiyasiga kiritiladigan loyihalar portfelini yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Xabarda IFAD tomonidan Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochish to‘g‘risida qabul qilingan qaror O‘zbekiston bilan munosabatlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro hamkorlik qirralarini kengaytirishga xizmat qilishi ta’kidlanadi.

O‘zA