Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligiga oid islohotlar amalda
12:21 / 2022-03-07

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga oid modernizatsiya jarayonlari davlatimiz tomonidan ilgari surilayotgan strategik rejalarda iqtisodiyotning muhim vositalaridan biri bo‘lib xizmat qilmoqda.

Ushbu strategik rejalar aholining turmush farovonligini ta’minlovchi yangi bosqichdir. Qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yangi texnologiyalarning ham o‘z o‘rni bor. Mamlakatda qishloq xo‘jaligini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlar shiddat bilan ilgarilamoqda. Umuman, davlat tomonidan so‘nggi yillarda agrar sohani tubdan isloh qilish va uni bozor talablariga moslashtirish ishlariga katta e’tibor qaratilmoqda. 

Ta’kidlash joizki, 2021 yilda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid bir qancha normativ hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Yuqoridagi farmon bilan «2021-2025 yillarda qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimini ustuvor rivojlantirish konsepsiyasi» tasdiqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish hamda shakllangan dehqonchilik ko‘nikmalari, tuproq-iqlim sharoiti, suv ta’minotidan kelib chiqib, respublikaning barcha tumanlari hududlari muayyan turdagi mahsulotlar yetishtirishga bosqichma-bosqich ixtisoslashtirilishi belgilandi. 

Bundan tashqari, qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishda asosiy e’tibor uning hosildorligi, eksportbopligi, yaxlit maydonlarda yetishtirilishiga hamda kooperatsiya va klaster tizimi asosida mahsulot yetishtirish, uni qayta ishlash, saqlash va ichki va tashqi bozorlarga sotish tizimi yo‘lga qo‘yilishini o‘z ichiga oladi. Jumladan, meva-sabzavot mahsulotlari eksportini oshirish uchun har bir viloyatda kamida bitta tuman hududini organik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish belgilandi.

Shu bilan birga, 2021 yil 1 sentyabrdan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga sertifikatlangan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari va ko‘chatlarini xarid qilish uchun ajratiladigan tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ma’lum talablar asosida qoplab beriladigan bo‘ldi.

Yana bir muhim jihat, «ArcGIS» dasturi yordamida qishloq xo‘jaligi yerlarining asosiy va takroriy ekin turlari, hosildorlik darajasidan kelib chiqib, interfaol xaritada kuzatish imkoniyatiga ega yagona axborot bazasini shakllantirish hamda uning milliy geo-axborot tizimi bilan integratsiya qilinishi ta’minlanadigan bo‘ldi. Bu esa, qishloq xo‘jaligi yerlaridan unumli foydalanishga hamda hosildorligi past yerlarning unumdorligini oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

QISHLOQ XO‘JALIGI JADAL SUR’ATLARDA ILGARILAMOQDA 

2021 yilda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)lari hajmi 317 781,6 mlrd. so‘mni yoki 2020 yilning mos davriga nisbatan 104,0 foizni, shu jumladan dehqonchilik va chorvachilikda, ovchilikда va ushbu sohalarda ko‘rsatilgan xizmatlar – 307 515,0 mlrd. so‘mni (103,9%), o‘rmon xo‘jaligiда – 7 581,5 mlrd. so‘mni (101,5%), baliqchilik xo‘jaligiда – 2 685,1 mlrd. so‘mni (121,4%) tashkil qildi. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot(xizmat)lari hajmining oshishi, asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hajmining ko‘payganligi (3,6%) bilan bog‘liq. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oshishi гўштнинг – 4,8 foiz, сутнинг – 2,8 foiz, тухумнинг – 3,5 foiz, kartoshkaнинг – 4,7 foiz, sabzavotlarнинг – 4,1 foiz, polizнинг – 6,9 foiz, uzumнинг – 5,5 foizga oshishi bilan izohlanadi. Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 65,9 foizi – dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari, 29,2 foizi – fermer xo‘jaliklari, 4,9 foizi – qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi xo‘jaliklar hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda. Mazkur sohalardagi o‘sish sur’atlarining jadallashuvi, avvalo mamlakatda sohaga oid islohotlarning tizimli olib borilayotganligi hamda ushu sohalarga berilayotgan imtiyozlar va qulayliklarning natijasidir.

Shuni alohida e’tirof etish kerakki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda dehqon xo‘jaliklarining ulushi 66,0 foiz (o‘sish 102,1%), fermer xo‘jaliklari 29,3 foiz (105,%) hamda qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 4,7 foiz (118%) ulushga ega.

Shuningdek, yalpi qishloq xo‘jaligi tarkibida dehqonchilik mahsulotlarining ulushi 47,5 foizni, chorvachilik mahsulotlari 47,7 foizni hamda ovchilik xizmati, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 4,8 foizni tashkil etgan.

Davlat tomonidan agrar sohani qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy manfaatdorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan tizimli tadbirlar natijasida 2021 yilda 1 gektar maydondan o‘rtacha 47,2 mln. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 2 barobar ko‘p) daromad olinishiga erishildi.

2021 yilda 22 mln. tonnadan ortiq meva-sabzavot ishlab chiqarildi va o‘sish 106,1 foizni tashkil etdi. Jumladan, 11,6 mln. tn (111,4%) sabzavotlar, 3,3 mln. tn (115,8%) kartoshka, 2,3 mln. tn (108,6%) poliz, 3 mln. tn (106,3%) meva, 1,8 mln. tn (111,5%) uzum, shuningdek, 7,9 mln. tn (104,8%) don va dukkakli don ekinlari, qariyb 3,4 mln. tn (110%) paxta xomashyosi yetishtirildi.

2021 yilda 514,8 ming gektar maydonda, jumladan 197,4 ming gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 10,9 ming gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish, 5,9 ming gektar paxta va boshqa ekin maydonlarida diskret sug‘orish tizimi joriy qilindi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlarning 78,8 ming gektarида ko‘chma egiluvchan quvurlar va 20,9 ming gektarида egatga plyonka to‘shab sug‘orish tizimlari orqali sug‘orish ishlari olib borildi. 

2021 yilda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan 93,7 ming gektar paxta maydoni uchun 751,4 mlrd. so‘m subsidiya mablag‘lari ajratib berildi hamda tuman ishchi guruhlari tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalar ishga tushirildi. Sug‘orish mavsumi davomida jami 10,4 mlrd. kub metr yoki belgilangan rejaga nisbatan 2 barobar ko‘p suv iqtisod qilinishiga erishildi. Sohada olib borilayotgan ilmiy-texnologik izlanishlar natijasida foydalanilmayotgan yerlarning qayta foydalanishga kiritilishi va yangi texnologiyalarning joriy etilishi soha rivoji uchun xizmat qilmoqda.

MAMLAKATDA KLASTERLAR UCHUN IMKONIYATLAR YARATILMOQDA

Kelgusi besh yilda qishloq xo‘jaligida hosildorlikni kamida 2 barobarga ko‘paytirish, xom ashyoni qayta ishlash, soha eksportini 7 mlrd. dollarga yetkazish, aholi bandligi va daromadlarini yanada oshirish maqsad qilingan.

Tabiiyki, bunda klasterlarning o‘ziga xos o‘rni bor, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu tizim qisqa vaqt ichida katta evrilishlarga zamin yaratdi. Masalan, birgina paxtachilikda tolani qayta ishlash 2,5 barobarga oshib, 100 foizga yetkazildi. Shuningdek, ip-kalava ishlab chiqarish 2 barobarga, tayyor mahsulot – 3 barobarga ortdi, eksport 3 mlrd. dollarga yetdi. Paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotgacha bo‘lgan bosqichlarni qamrab olgan 2 mlrd. dollarlik 125 ta yangi korxona hamda 150 mingta doimiy ish o‘rni tashkil qilindi. Klasterlar tomonidan 5 mingdan ortiq zamonaviy rusumdagi texnikalar olib kelindi, 126 ming gektar maydonda suv tejash texnologiyalari joriy qilindi. Endi bundan buyon, klasterlarga kreditlar 24 oy muddatga ajratilib, uning imtiyozli davri amaldagi 11 oydan 18 oygacha uzaytiriladi. Klaster olgan kreditini, xom ashyoni eng kamida ip-kalava va matoga aylantirgandan keyin qaytaradigan bo‘ldi. Bu tizimni joriy etishga byudjetdan 10 trln. so‘m yo‘naltirish belgilandi. Shu maqsadda Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasiga qo‘shimcha 100 mln. dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, klasterlar tomonidan ip-kalavani qayta ishlash darajasini kelgusi ikki yilda hozirgi 50 foizdan 70 foizga yetkazish mo‘ljallangan. Jumladan, matoni bo‘yash va aralash mato ishlab chiqaradigan uskunalar xaridi uchun korxona quvvatiga qarab, davlat hisobidan moliyaviy grantlar beriladi. Bunday loyihalarni kreditlash uchun yana 150 mln. dollar mablag‘ ajratiladi. 2022 yildan ip-kalavani qayta ishlaydigan klasterlarga kredit olishda paxta xomashyosi va tolasini garovga qo‘yish amaliyoti joriy etilishi maqsad qilingan.

DEHQON VA FERMERLARNING DAROMADLARI 2 BAROBARGA OSHIRILADI

Ma’lumki, g‘alla yetishtirish va sotishda bozor munosabatlariga o‘tilmoqda. 2022 yildan g‘allachilik klasterlari va fermerlarga bug‘doyni bozor narxida to‘liq erkin sotish huquqi berilishi maqsad qilingan. Bunda, klaster va fermer xo‘jaliklari 3 yil davomida har gektardan 2,5 tonna g‘allani birja savdolariga chiqarishi talab etiladi. Qolgan hosilni esa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish huquqi beriladi.

Shuningdek, 2022 yildan meva-sabzavot hosilini iqlim xavfidan sug‘urtalash bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi. Eksport shartnomasi bo‘lgan klaster va fermerlarga sug‘urta mukofotining 50 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Ta’kidlash joizki, 200 ming gektar past hosilli paxta va g‘alla maydonini qisqartirish ham rejalashtirilgan. Bu maydonlar aholiga tanlov asosida, uzoq muddatli ijaraga beriladi.

Kelgusi yillarda qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish natijasida davlat aralashuviga to‘liq barham beriladi. Xususan, dehqon va fermerlar daromadlari kamida 2 barobar oshiriladi, qishloq xo‘jaligida o‘sish sur’atlari 5 foizga yetkaziladi hamda dehqonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun subsidiyalar ajratiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish va sug‘urtalashning mutlaqo yangi mexanizmlari joriy etiladi. 200 ming gektar paxta va g‘alla maydonlari qisqartirilib, aholiga ochiq tanlov asosida uzoq muddatli ijaraga berish tizimi yaratiladi.

Shuningdek, Yangi va foydalanishdan chiqqan 464 ming gektar maydonni o‘zlashtirish va klasterlarga ochiq tanlov asosida ajratish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi hamda Eksportbop mahsulotlar yetishtirish va meva-sabzavotchilikni rivojlantirish asnosida, intensiv bog‘lar maydonini 3 baravar va issiqxonalarni 2 baravar ko‘paytirib, eksport salohiyati yana 1 mlrd. doll.ga oshiriladi.

Bundan tashqari, 2022 yilda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil etiladi hamda ilm-fan va innovatsiyaga asoslangan agroxizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtiriladi. Shuningdek, agrosanoat korxonalarini xom ashyo bilan ta’minlash va ishlab chiqarish hajmi 1,5 baravar oshiriladi hamda aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratiladi.

Shu bilan birgalikda, chorva uchun ozuqabop ekinlar maydoni 2 barobardan ziyod oshiriladi. Bunda 11 mln. gektar yaylovlar qayta tiklanishi hamda chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini 1,5–2 barobar ko‘paytirilishi rejalashtirilgan.

XULOSA O‘RNIDA

Qishloq xo‘jaligining rivojlanishi bevosita aholi farovonligini ta’minlashda muhim omillardan hisoblanadi. Mazkur soha mamlakat iqtisodiyotining yetakchi «drayveri» ekanligi bois, sohada ko‘plab modernizatsiya ishlarini jadallashtirish bugungi kunning muhim vazifalaridan bir sanaladi. Shu bois, so‘nggi yillarda mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga oid strategiyalar ishlab chiqildi va amalga tatbiq etib borilmoqda. Bu esa, xalq farovonligini ta’minlash yo‘lidagi muhim jarayondir. Zero, mazkur soha rivojida olib borilayotgan sa’y-harakatlar mamlakatda dehqon va fermerlar daromadining oshishiga, yangi ish o‘rinlarining yaratilishi hamda unumdorlikning o‘sishiga xizmat qiladi, albatta.

 

Iskandar O‘ROQBOEV,

«Taraqqiyot strategiyasi» Markazi

bosh mutaxassisi