Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligidagi hamkorlik
16:52 / 2025-11-20

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov “UHM LANDTECH” mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi xorijiy korxona bosh direktori Baxtiyor Saburov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Korxona AQSHning “Valmont Industries Inc.” kompaniyasi rasmiy dileri hisoblanadi.

Kompaniya suv tejovchi, mexanizatsiyalashgan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha dunyoda yetakchi. Kompaniya suvni nasoslar orqali chiqarishdan boshlab, ekin ildiziga yetib borguncha zarur bo‘ladigan sug‘orish tizimlarining kompleks yechimlar bilan shug‘ullanadi. Uning mahsulotlaridan yuzdan ziyod mamlakatlar foydalanadi. 

Botir Zaripov AQSHga tashrifi chog‘ida “Valmont Industries Inc.” kompaniyasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishgan, kompaniya mutasaddilari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini keng muhokama qilgan edi. Shundan kelib chiqib, muloqotda amaliy hamkorlikning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

“UHM LANDTECH” korxonasi dunyodagi yetakchi qishloq xo‘jaligi, qurilish va o‘rmon xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblangan AQSHning “John Deere” kompaniyasi bilan ham yaqin hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish, fermer va klaster xo‘jaliklarini zamonaviy texnologiyalar bilan ta’minlash, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirish bilan ham shug‘ullanadi. 

Uchrashuvda takliflar o‘rtaga tashlanib, amaliy hamkorlikni faollashtirishga kelishib olindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.