Jizzax viloyatida joriy yilning 12 fevral kuni Prezidentimiz raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan vazifalarga qaratilgan sayyor yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida hududlarda g‘alla parvarishi, paxta ekishga tayyorgarlik ko‘rish, bog‘-tokzorlarga ishlov berish, qator oralariga ekin ekish, dala chetlariga tut, terak, uzum ko‘chatlari hamda sabzavot va poliz ekinlari ekish, biolaboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yerlarida eksportbop ekinlar yetishtirish hamda aholi tomorqalari va meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklarini kooperatsiyalarga, kooperatsiyalarni eksportyor korxonalarga biriktirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini tizimli tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida fikr almashildi.

Qishloq xo‘jaligida yangi zaxiralarni ishga solish hamda 2024 yilgi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishidan kelib chiqadigan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Tadbirda Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev ishtirok etdi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri