Qishloq xo‘jaligida xalqaro hamkorlik
Turkiya poytaxti Istanbul shahrida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) tashabbusi bilan “Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi (ECA region)da Fermerlar va qishloq ishlab chiqaruvchilari tashkilotlari va milliy hokimiyat organlari o‘rtasidagi mamlakat darajasidagi hamkorlik: muammolar va imkoniyatlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.
Unda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi vakillari ham ishtirok etmoqda.
Tadbirda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi tashkilotlar qishloq xo‘jaligida fermerlik faoliyatining o‘rni va milliy tajribalar bilan o‘rtoqlashmoqda.
Mazkur forum doirasida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari va mintaqaviy, mahalliy kichik ishlab chiqaruvchilar hamda qishloq xo‘jaligi tashkilotlari bilan hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilinadi.
Ma’rufjon O‘ROZOV
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bosh mutaxassisi