Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida nazorat – samara va qonuniylik kafolati
17:01 / 2026-02-17

Mamlakat iqtisodiyotini qishloq xo‘jaligi sohasisiz tasavvur qilish deyarli imkonsiz. Paxta, boshoqli don va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari nafaqat tabiiy boyligimiz, balki iqtisodiy barqarorlik va mamlakat kuch-qudratining asosiy tamal toshi hisoblanadi. Shu bois, qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, urug‘lik va xomashyo zaxiralarini nazorat qilish, paxta va don xomashyosi hamda ulardan olingan mahsulotlardan qonuniy tarzda foydalanishni ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi.

Bu vazifalar Prezidentning 2024-yil 22-oktabrdagi “Agrosanoat majmuida davlat nazorati tizimini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – ya’ni “O‘zagroinspeksiya” zimmasiga yuklatilgan. Inspeksiyaning Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari 2025-yil davomida sohada qator muhim ishlar amalga oshirdi. Bu haqda Agroinspeksiyaning Sirdaryo viloyati  boshqarmasi boshlig‘i Nurali Shodiyev ma’lumot berdi.

Uning ta’kidlashicha, asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, urug‘lik va xomashyo zaxiralarini nazorat qilish, shuningdek paxta va don xomashyosi hamda ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan qonun talablari asosida foydalanishni ta’minlashga qaratilgan.

Viloyatda 25 041 nazorat ob’ektida 63 ta normativ-huquqiy hujjat talablari ijrosi tekshirildi va jami 8 211 ta nazorat tadbirlari tashkil etildi. Bu tadbirlardan 969 tasi tekshirish, 7 242 tasi monitoring shaklida amalga oshirildi. Tekshirishlar natijasida 867 ta qonunbuzilish holati aniqlanib, ular bo‘yicha 2 mlrd 916 mln 744 ming so‘mlik ma’muriy jarimalar qo‘llandi. Shu bilan birga, 5 523 ta korxona ogohlantirildi, 360 ta taqdimnoma kiritildi va 76 ta material sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Sohadagi eng dolzarb yo‘nalishlardan biri – qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanishni ta’minlash bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-dekabrdagi “Qishloq xo‘jaligi maydonlaridagi qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalangan holda mahsulot yetishtirishni ko‘paytirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  qarori va 2024-yil 17-iyuldagi “Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlaridan maqsadli foydalanish” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni asosida dala chetiga ko‘chat va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekmagan yer foydalanuvchilariga ogohlantirish xatlari berildi. Shuningdek, tuman hokimliklari va mas’ul tashkilotlarga qonun buzilishining sabablari va bartaraf etish choralari haqida 13 ta taqdimnoma kiritildi. Tekshirishlar natijasida 180 ta taqdimnoma ishlab chiqildi, 482 nafar mansabdor shaxsga 2 mlrd 836 mln 212 ming so‘mlik jarimalar qo‘llandi. Shuningdek, 15 gektar qishloq xo‘jaligi maydonlarida qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 6 mlrd 659 mln 330 ming so‘mlik zarar belgilandi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Urug‘lik g‘alla va paxta xomashyosi bilan bog‘liq ishlar ham alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Agrobiznes va g‘alla maydonlarida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida amalga oshirilishi natijasida 2025-yilda rejadagi 14 ming tonna  sara urug‘lik g‘alla yig‘ib olindi. Shu sohada viloyat va tuman mutaxassislari tomonidan 2 623 ta nazorat tadbirlari o‘tkazildi va 2 627 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Paxta xomashyosi, don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish sohasida viloyatda 22 ta nazorat sub’ekti faoliyat yuritdi. Ularning 11 tasi paxta to‘qimachilik ishlab chiqarish klasterlari, 2 tasi “O‘zdonmahsulot” korxonalari, 3 tasi yog‘-moy korxonalari va 6 tasi don klasterlarini tashkil etadi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi holatini nazorat qilish sohasida esa 16 584 dona texnika uchun to‘liq elektron baza shakllantirildi. Shularning 16 139 tasi yangi ID texnik pasportlar bilan almashtirildi. 2 068 dona texnika ro‘yxatga olindi va ularga davlat raqam belgisi berildi. Shuningdek, 3 374 dona texnikaga yangi ID pasport va 1 562 dona texnik guvohnoma berildi, 12 753 dona texnikalar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu sohada amalga oshirilgan ishlar natijasida 3 mlrd 327 mln 493 ming so‘mlik yig‘im undirildi.

Murojaatlar bilan ishlashda ham samarali ishlar olib borildi: 2025-yilning 9 oyligida 141 ta murojaatdan 128 tasi ko‘rib chiqildi, shundan 89 tasi qanoatlantirildi, 39 tasiga tushuntirish berildi va 12 tasi boshqa organlarga yuborildi. Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sohasida esa 167 ta tadbir tashkil etildi: ommaviy axborot vositalarida 9 ta, teleko‘rsatuvlarda 10 ta, radio eshittirishlarda 11   ta va internet tarmog‘ida 63 ta chiqish amalga oshirildi.

Nurali Shodiyevning ta’kidlashicha, kelgusida ham normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi, qonun ustuvorligi va me’yoriy hujjatlar nazorati ustidan qat’iy va tizimli nazorat olib borish, shuningdek qishloq xo‘jaligi maydonlaridan samarali foydalanish, urug‘lik va xomashyo zaxiralari hamda paxta va don xomashyosiga bog‘liq jarayonlarning qonuniyligini ta’minlash asosiy yo‘nalish bo‘lib qoladi.

G‘ulom Primov, O‘zA