French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar” mavzuida seminar-trening
18:42 / 2022-01-21

FOTOREPORTAJ

Innovatsion rivojlanish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi hamkorligida viloyatdagi dehqon va fermerlar uchun "Qishloq xo‘jaligida innovatsiyalar" mavzuida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat tumanlaridan tashrif buyurgan meva-sabzavotchilik fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda qatnashgan viloyat Qishloq xo‘jaligi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Azamat Mirzabekov ishtirokchilarga seminar-trening mazmun-mohiyati va ko‘zda tutilgan maqsad hamda vazifalar xususida batafsil ma’lumot berdi.

Seminarda so‘z olgan Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi sabzavotchilik bo‘limi boshlig‘i Alisher Rajabov qishloq xo‘jaligida ilg‘or innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish va ularni qo‘llashga oid ma’ruzasini o‘qib eshittirdi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan anor tupini ko‘madigan va ochadigan mashinalar, ekish oldidan yerga ishlov berishda qo‘llaniladigan takomillashtirilgan chizel kultivatorlar, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish egatlariga qora polietilen plyonka to‘shaydigan qurilma, kombinatsiyalashgan diskli boronalarning iqtisodiy samaradorligi, texnik ko‘rsatkichlari, innovatsiyalari haqida ma’lumot berildi.

Qizg‘in munozaralardan so‘ng yuqorida tilga olingan vositalarni amaliyotga joriy qilish bo‘yicha kelishib olindi.

Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga soha vakillaridan batafsil javob oldi.

[gallery-5524]

Furqat TOSHMATOV (surat), O‘zA