Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida Germaniya bilan hamkorlik
18:13 / 2022-06-23

Shu kunlarda Toshkent shahrida Germaniya federal oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi vazirligi (BMEL) tomonidan moliyalashtirilgan ikki tomonlama hamkorlik dasturini ishlab chiqish borasida muzokaralar davom etmoqda.

Mazkur loyiha rahbari Germaniyaning “GFA Consulting Group GmbH” kompaniyasi bosh agenti Malta Myuller boshchiligidagi delegatsiya Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida bo‘lib, o‘quv yurti faoliyati bilan tanishdi. Shuningdek, dastur doirasida universitet bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

– Hamkorlik dasturi O‘zbekiston agrar kompleksi uchun bir qator muhim masalalar, jumladan, oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan organik qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi va ularni moliyalashtirish masalalarini o‘z ichiga oladi, – dedi Malta Myuller. – Bunda mutaxassislar tomonidan zamonaviy texnologiyalarni hisobga olgan holda barqaror ekin yetishtirish, chorvachilik sohasida ish yuritishning ilg‘or nemis usullari, shuningdek, fermer xo‘jaliklarini boshqarish ko‘nikmalari O‘zbekiston sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab chiqiladi.

Bu jarayonda Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti olimlari, tadqiqotchilari bilan yaqindan hamkorlik aloqalari o‘rnatiladi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlarini Germaniya bozorlariga yetkazib berish, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda O‘zbekistonning brend mahsulotlarini namoyish etish, logistika kompaniyalarini tashkil qilish ikki tomonlama hamkorlik loyihasining asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi.



G‘.HASANOV, O‘zA