Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi
14:46 / 2020-12-18

Hukumatning joriy yil 15 dekabrdagi qarori bilan Agrar ta’lim tizimining 2030 yilgacha bo‘lgan innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi.

Bu haqida “Huquqiy axborot” qanali xabar bergan. 

Qarorga muvofiq, qishloq xo‘jaligida “Aqlli qishloq xo‘jaligi” va raqamli texnologiyalar joriy qilinadi.

Strategiyaga ko‘ra, 2030 yilga qadar  30 ta xorijiy OTM bilan hamkorlikda qo‘shma ta’lim dasturlari tashkil etiladi, qishloq xo‘jaligi sohasida ko‘rsatiladigan interaktiv xizmatlari soni 20 taga yetkaziladi, agrar ta’lim tizimidagi OTMlarni dunyoning nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati (QS reyting tizimi)ga kiritish choralari ko‘riladi.

2020/2021 o‘quv yilidan sohadagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida ta’limning kredit-modul tizimi bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Toshkent davlat agrar universitetining Nukus, Termiz va Samarqand filiallari institutga aylantiriladi.