English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi tahlil qilindi
14:04 / 2024-12-02

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov raisligida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda dastavval, paxtachilikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusi ishlar, xususan, “Agroplatforma” tizimini yanada takomillashtirish borasida mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga yer ajratish masalalari ham muhokama qilindi. Xususan, qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, daromadini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi.  

Bundan tashqari, Toshkent viloyatida qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlarning joriy holati ham muhokama qilindi. Bunda eng so‘nggi, istiqbolli deya topilgan amaliyotlarni qo‘llash, yerlardan unumli foydalanish zarurligi aytib o‘tildi. Yig‘ilishda investitsion loyihalar holati, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasida amalda o‘rnatilgan aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi. Bu borada investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosini ta’minlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar haqida mas’ul xodimlarning hisoboti tinglandi.  

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ijro masalalariga to‘xtalar ekan, qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar loyihalari tayyorlanishi ustidan shaxsiy nazoratni tashkil etish, ushbu hujjatlar ijrochilarga tezkor yetkazilishi, mazkur hujjatlar ijrosi amalda nazorat qilinishini tashkil etish hamda o‘z vaqtida, to‘liq va natijali ijro etilishini ta’minlash ijro intizomini mustahkamlashdagi asosiy vazifalardan biri ekanini ta’kidlab o‘tdi.  

Yig‘ilish yakunida vazir mahsulotlarni qayta ishlash, aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, suv masalalarini hal etish, yerdan unumli foydalanish, hududlarda ekilayotgan ekinlar sarhisobini yuritish borasida ham o‘zining muhim topshiriqlarini berdi.  

Shu bilan birga, mas’ullarga har bir tumanni o‘rganish kerakligi hamda tumanlar ombor kitoblarini shakllantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini nazorat qilishga qaratilgan bir qator ko‘rsatmalar berib o‘tdi.  

Muhayyo Toshqorayeva,  

O‘zA