Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi vaziri mahsulotlarni qayta ishlash korxonalarida bo‘ldi
18:50 / 2023-01-09

Qishloq xo‘jaligi vaziri Toshkent shahri va Toshkent viloyatining qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash sohasidagi yirik tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning korxonalarida bo‘ldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2023 yilda agrosanoat majmuasida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish tashabbusini ilgari surdi. Qayd etilishicha, joriy yilda mazkur yo‘nalishda 1 milliard AQSH dollari miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash korxonalarida bo‘lib, Aziz Voitov boshchiligida korxona rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi.  

Masalan, 2003 yilda tashkil etilgan “PROMEAT GROUP CORP” MCHJ faoliyatining asosiy yo‘nalishi go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘lib, unda 96 kishi mehnat qiladi. Korxona yiliga 1 800 tonna go‘shtni qayta ishlash quvvatiga ega, oxirgi uch yilda uning ishlab chiqarish quvvati oshdi. Xususan, 2020 yilda 1 260,90 tonna go‘sht qayta ishlanib, 1 490,6 tonna kolbasa va go‘sht mahsulotlari ishlab chiqarildi.  

“PROMEAT” MCHJ 2018 yilda tashkil etilgan bo‘lib, asosiy faoliyati chorvachilikdan iborat. 2021 yilda esa “PROMEAT AGRO” MCHJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. U sut ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.  

Keyingi ob’ekt qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va eksport qilish uchun mo‘ljallangan 4 ta kompaniya – “Gold Dried Fruits Export”, “Gold Agro Fresh”, “Gold Fresh Fruits”, “Agro Prodex Group” faoliyatini muvofiqlashtiruvchi “Agro Prodex Group” bo‘ldi.  

Korxona qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, quritish, muzlatish va saqlash bilan shug‘ullanadi, shuningdek, o‘zining logistika markazini qurmoqda. Korxona tomonidan eksport salohiyati 3,4 million dollarga ega bo‘lgan o‘rik bog‘i loyihasi amalga oshirildi.  

Qishloq xo‘jaligi vaziri tashrif buyurgan uchinchi ob’ekt — “SUNNY LAND PRODUCTS” mas’uliyati cheklangan jamiyati «Bonaf» savdo belgisi ostida muzlatilgan va quritilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod hisoblanib, AQSH, Turkiya va Xitoyning zamonaviy uskunalari bilan jihozlangan. Bu yerda 40 dan ortiq turdagi meva, sabzavot, go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.  

Tashriflar yakunida Aziz Voitov korxonalar rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida mamlakatimiz agrosanoat majmuasini rivojlantirish istiqbollari, tadbirkorlarning fikricha, joriy yilda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.   

O‘zA