English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasi 2023 yilda O‘zbekiston ishbilarmonlik muhitining asosiy omiliga aylandi
15:16 / 2024-01-16

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan taqdim etilgan tahlil natijalariga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatimizda ishbilarmonlik muhiti yanada mo‘’tadillashdi. Yil davomida tarmoqlar o‘rtasida joriy ishbilarmonlik holatining eng yuqori ko‘rsatkichi qishloq xo‘jaligida – fevral va iyun oylarida 52 foiz, eng past ko‘rsatkich esa qurilish sohasida – fevral oyida 27 foiz, deb qayd etildi.

Ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichlari dinamikasi tahlili umumiy indikator 2023 yilda keskin tebranishlarga uchramagani va ijobiyligicha qolganini ko‘rsatdi. Faqat iyul oyida 65 punktgacha keskin o‘zgarish yuz berdi. Noyabr oyida esa ishbilarmonlik faolligining 52 punktgacha eng katta pasayishi qayd etildi.  

2023 yilning birinchi choragi asosan qishloq xo‘jaligi va xizmatlarining o‘sishi bilan bog‘liq bo‘lgan ishbilarmonlik optimizmining izchil o‘sishi bilan ajralib turdi.  

Keyingi oylarda, optimizm darajasi to‘g‘rilandi. Jumladan, iyun oyigacha umumiy ko‘rsatkich 57 punktga tushib, iyul oyida 65 punktga yetdi. Qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi ko‘rsatkichlarning sezilarli o‘sishi hisobiga – 70 va 67 punktgacha eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi. Shu bilan birga, iyul oyidagi so‘rov natijalari qurilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida 80 punkt darajasida biznes optimizmining oshganini ko‘rsatdi.  

Avgustdan dekabrgacha ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi o‘rtacha 54 punktni tashkil etdi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohasida 59 punktgacha ijobiy tebranishlar kuzatildi.  

Shuningdek, yil oxiriga kelib sanoat va qurilish sohalarida ishbilarmonlik muhitidagi o‘zgarishlarni baholashda biroz pasayish kuzatildi. Xususan, sentyabrdan dekabrgacha sanoatdagi ishbilarmonlik muhiti 57 punktdan 42 punktga, qurilishda esa oktyabr oyidagi 53 punktdan dekabrda 45 punktga pasaydi. Bu esa mazkur tarmoqlardagi hozirgi holatning yomonlashgani bilan bog‘liq.  

2023 yilning dastlabki uch oyida biznesni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha kutilmalarning umumiy ko‘rsatkichi o‘rtacha 72 punktda saqlanib qoldi. Bu tadbirkorlar o‘rtasidagi juda yuqori darajadagi optimizmni ko‘rsatdi. Yil davomida kompaniyalarning kutilmalari yuqori darajada saqlanib qoldi. Xususan, avgust oyigacha bu ko‘rsatkich sezilarli tebranishlarsiz 80 punktgacha saqlanib qoldi va faqat yil oxiriga kelib pasaygan holda 61 punktdan 66 punktgacha o‘zgardi.  

2023 yilning yanvar-aprel oyilari yakunlariga ko‘ra, kelgusi uch oyda o‘z biznesining umumiy ahvoli yaxshilanishini kutayotgan kompaniyalar ulushi yuqori darajada – 81 foizga, yil oxiriga kelib esa 72 foizgacha barqarorlashdi.  

Xizmat ko‘rsatish sohasi umumiy tendensiyasidan alohida tebranishlarni ko‘rsatdi: yanvar oyida 78 foizdan may oyida 73 foizgacha va avgustdagi 80 foizdan oktyabrda 68 foizgacha yuqori darajada saqlanib qoldi.  

Har oyda joriy holat va kutilmalar o‘rtasidagi munosabatlar keyingi uch oy davomida saqlanib qolgan iqtisodiy rivojlanishning ijobiy tendensiyasini ko‘rsatdi.  

Yil yakuni bo‘yicha ishbilarmon doiralar tomonidan to‘siqlar tahlili shuni ko‘rsatdiki, tadbirkorlarning o‘rtacha 53 foizi biznes yuritishda hech qanday to‘siq yo‘qligini ta’kidlagan. Bu ko‘rsatkich asta-sekin o‘sishni boshlashdan oldin yilning dastlabki to‘rt oyida 49 foizda saqlanib, iyun oyida maksimal 58 foizga yetdi. Yil oxiriga kelib, kichik oraliq sakrash bilan boshlang‘ich darajaga o‘rtacha pasayish kuzatildi.  

M.Qosimova, O‘zA