Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalar joriy etiladi
18:06 / 2023-08-04

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Mazkur qaror qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish orqali yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ekinlar holatini monitoring qilishning idoralararo axborot tizimlarini joriy etish imkonini beradi.

Unga ko‘ra, “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanishni tashkil etish – axborot tizimining maqsadlari, funksiya va vazifalari, axborot tizimi ishtirokchilari o‘rtasida axborot almashish tartibi; 

axborot tizimi operatori va foydalanuvchining huquq va majburiyatlari, axborot tizimida foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tish tartibi; 

axborot tizimidan foydalanuvchilar o‘rtasida elektron hujjatlar almashish va texnik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilovchi nizom tasdiqlandi.

Mazkur Nizom “Agroplatforma” axborot tizimining maqsadi, funksiyalari va vazifalari, axborot tizimi ishtirokchilari o‘rtasida elektron hujjatlar almashinuvi hamda axborot tizimidan foydalanishni tashkil etish tartibini belgilaydi.

O‘zA