French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi sohasida Koreya bilan hamkorlik rivojlanmoqda
14:55 / 2025-09-05

Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida KOPIA (Korea Program on International Agriculture) markazi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

KOPIA bilan hamkorlik qilayotgan boshqa davlatlar vakillarini O‘zbekiston tajribasi bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda KOPIA markazining Osiyo davlatlari bo‘yicha koordinatori Jung Jaye A xonim boshchiligidagi delegatsiya hamda Markaz bilan hamkorlik qilayotgan dunyoning 12 ta mamlakati vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda O‘zbekiston KOPIA bilan hamkorlikda eng yuqori natijalarga erishayotgan davlat sifatida e’tirof etildi.
Markaz direktori o‘rinbosari Bunyod Mamarahimov mehmonlarga samarali hamkorlik uchun minnatdorlik bildirib, Milliy markaz va uning tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyati haqida atroflicha ma’lumot berdi. U o‘z nutqida KOPIA bilan hamkorlik yangi bosqichga chiqishi, yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish imkoniyatlari kengayishini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etish, yangi agrotexnologiyalarni qo‘llash va ilmiy hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va tajriba almashish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, mehmonlar Milliy markaz tizimidagi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti faoliyati hamda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.

Muloqotdan so‘ng mehmonlar Koreya Respublikasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, zamonaviy o‘quv markazi bilan tanishtirildi.

Tashrif doirasida KOPIA vakillari Xorazm viloyatida sholichilikda katta tajribaga ega mahalliy dehqonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA