Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik
16:13 / 2021-08-05

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirligi va Saudiya Arabistonining «Al-Jamhara» kompaniyasi mutasaddilari o‘rtasida videokonferensiya shaklida muzokaralar tashkil etildi. Onlayn muzokaralarda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vazirining maslahatchisi Alisher Shukurov saudiyalik ishbilarmonlarga O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda o‘zaro hamkorlik yo‘nalishlari borasida ma’lumot berdi.

«Al-Jamhara» vakillari O‘zbekiston bilan qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik qilish istagini tasdiqladi. Ular  mamlakatimizda  amalga oshirishni rejalashtirayotgan «Qinvon» loyihasining taqdimotini o‘tkazdi.

Mazkur loyiha Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari tomonidan yuqori baholanib, uni respublikamizda amalga oshirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlar mavjudligi ta’kidlandi. Ma’lumot o‘rnida qayd etish joizki, mazkur loyiha Saudiya Arabistoni sarmoyalarini jalb etgan holda amalga oshiriladi.

Muzokaralar yakunida taqdim etilgan loyihani amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni yanada kengroq muhokama qilish, tegishli vazirlik va idoralar hamda qishloq xo‘jaligi sohasidagi xususiy sektor vakillari bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida kompaniya vakillarining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish xususida kelishuvga erishildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabarida ma’lum qilingan.

 

Muhtarama Komilova, O‘zA