Qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini tayyorlovchi maktab
FOTOREPORTAJ
Farg‘onada yangi tashkil etilgan Lola Murotova nomidagi kasb-hunar maktabi qishloq xo‘jaligida o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan.
Kasb-hunar maktabi 480 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda o‘ttizdan ortiq auditoriya, yettita laboratoriya, kompyuter xonalari, faollar zali va muzey barpo etilgan. Shuningdek, 150 o‘rinli turar joy, sport zali, mini-futbol maydonchasi, ustaxona, issiqxona va mashg‘ulotlar uchun avtodrom mavjud.
Muassasaga umumta’lim maktablarining 9-sinfini bitirganlar o‘qishga qabul qilinadi. O‘quv jarayoni boshlang‘ich professional ta’lim dasturlari asosida, amaliyot bilan bog‘liq holda olib boriladi.
[gallery-18247]
Rustam NAZARMATOV (surat), O‘zA