French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari — xalqimiz dasturxonining fayzi
22:00 / 2023-07-20

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yildagi "Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga asosan mamlakatimizda oziq-ovqat klasterlari joriy etilib, bu borada aniq ijobiy natijalar kuzatilmoqda.

Mazkur dolzarb vazifalarni bajarish  hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida el-yurt dasturxonini to‘kin va farovon etadigan sohada faoliyat yuritayotgan BMB-Agroklaster meva-sabzavotchilik klasteri "Oʼzsanoatqurilishbank" aksiyadorlik tijorat banki bilan hamkorlikda qishloq xo‘jaligi sohasida mahsulotlarni ishlab chiqarish, ularni qayta ishlash, saqlash, xizmat ko‘rsatish va eksport qilish jarayonlarini o‘z ichiga qamrab, Jizzax viloyatining Arnasoy, Sharof Rashidov hamda G‘allaorol tumanlarida 16 turdagi yuqori sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirib kelmoqda.  

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, tadbirkorlik sub’ektlari hamda banklar o‘rtasidagi ishonch asosida qurilgan o‘zaro manfaatli munosabatlar qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yanada oshirishga, shuningdek, milliy iqtisodiyotimizni yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.  

Joriy yilda meva-sabzavot klasteri tomonidan yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tumanlar fermer xo‘jaliklari bilan kooperatsiya asosida kartoshka (ertangi va kechki), sabzi, piyoz, pomidor, bulg‘or qalampiri, baqlajon, sarimsoq piyoz, poliz mahsulotlari, kungaboqar, mosh, no‘xat, loviya, yeryong‘oq ekinlarini parvarishlab, eksportbop, “daladan-rastagacha” tamoyili asosida tayyor mahsulot yetishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.  

Shunisi e’tiborga molikki, BMB-Agroklaster meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan G‘allaorol va Baxmal tumanlarida “Sante” va “Seniora” navli kartoshka urug‘lari bir qator fermer xo‘jaliklari maydonlarida kooperatsiya usulida ekib yetishtirildi. Klaster tomonidan yetishtirilgan ertangi kartoshka mahsuloti oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida ichki iste’mol bozorlarida savdoga yo‘naltirilmoqda.  

Shuningdek, bugungi kundagi tabiat injiqliklari, jazirama issiq, suv resurslarining cheklangani sharoitida mirishkor dehqonlar tomonidan ekilgan "Bobcat" va "Terra Cotta" navli pomidorlar, "California Wonder" hamda "Lastochka" navli bulg‘or qalampirlari, dukkakli mahsulotlardan no‘xat yuqori hosil berib, yurtimiz dasturxoniga tortiq etilmoqda.  

Oziq-ovqat xavfsizligi, aholini sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash masalasi global ahamiyat kasb etayotgan bugungi kunda "BMB TRADE GROUP" kompaniyasi tomonidan mavjud imkoniyat va resurslardan samarali foydalanib, amalga oshirilayotgan istiqbolli loyiha xalqimizning meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirish hamda ushbu tarmoq orqali davlatimizning eksport salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.  

O‘zA