Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi korxonalari qo‘llab-quvvatlanadi
14:52 / 2024-08-28

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Unga muvofiq, qishloq xo‘jaligida soliq to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini soddalashtirish va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish yo‘li bilan tadbirkorlik sub’ektlariga soliq yukini mamlakatimiz hududlari o‘rtasidagi iqtisodiy qisqartirish, tumanlar va shaharlarni ularning sharoitlari, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda yanada rivojlantirish maqsadida:

ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun ikki baravar miqdorida yer solig‘ini hisoblash tartibi bekor qilinadi;

shaharlar va shaharchalarning ma’muriy chegaralarida joylashgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun yer solig‘ini amaldagi qonunchilikdan kelib chiqib hisoblash tartibi o‘rnatiladi.

Qarorga ko‘ra, Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mazkur qarordan kelib chiqib, Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritishi belgilangan.

O‘zA