Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini baholashning yangi mezoni
10:54 / 2022-12-19

Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash va navdorligini baholash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish to‘g‘risida” qaror qabul qildi.

Qarorda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi. 

Unga ko‘ra, urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash bo‘yicha murojaatlarni shakllantirish va yuborish tartibi, g‘o‘za navlari namunalarini tanlab olish, urug‘lik chigitini ekishga tayyorlash va ularni ekish tartibi, g‘o‘za navlarining morfologik belgilari tavsifnomasidan kelib chiqqan holda nav tozaligini baholash natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilandi.

Shuningdek, reglamentda donli ekinlar navlaridan namunalar tanlab olish, urug‘lik chigitini ekishga tayyorlash va ularni ekish tartibi; 

dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash uchun murojaat qilish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi; 

urug‘lar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash uchun mahsulot namunalarini tanlab olish va identifikatsiya qilish; 

mahsulotni identifikatsiya qilish va namunalarni tanlab olish dalolatnomasini rasmiylashtirish tartibi; 

akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazish, sinov bayonnomasi va tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi; 

sinov bayonnomasi va tahlil natijalariga asosan mahsulotga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish tartibi belgilandi.

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti jismoniy va yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lariga muvofiqlik sertifikatlarini rasmiylashtirish yoki uni rad etish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi. 

Bunda muayyan mahsulot uchun mahsulotga normativ hujjatlardan tashqari, mahsulotning majburiy talablarini belgilovchi normativ-huquqiy hujjatlarga ham amal qilish shart bo‘ladi. 

Mahsulotni sinovdan o‘tkazishda, akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalari va boshqa akkreditatsiyalangan sinov laboratoriyalarida o‘tkazilgan sinov natijalari o‘zaro tan olinadi. 

 

                                                                                    

O‘zA