O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi sohasida “E-urug” axborot tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish hududiga ega bo‘lish bo‘yicha tanlovlarni “E-urug‘” axborot tizimida tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish huquqiga ega bo‘lish bo‘yicha tanlovlarni “E-urug‘” axborot tizimida o‘tkazish haqidagi xabarni e’lon qilish va elektron tanlovlarni tashkil etish;
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish hududiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron tanlov g‘oliblarini aniqlash va tanlov natijalarini rasmiylashtirish tartibi belgilab berilgan.
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini yetishtirish hududiga ega bo‘lish bo‘yicha elektron tanlovlarni o‘tkazishda, shuningdek, urug‘liklar hajmi, sifati, seleksiya navi va avlodlari bo‘yicha ma’lumotlarni yuritishda “E-urug‘” axborot tizimi keng joriy etilishini ta’minlaydi.
O‘zA