Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq xo‘jaligi: Chexiya bilan hamkorlik aloqalari kengayadi
15:48 / 2022-05-28

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashida Chexiya Respublikasi parlamenti deputatlar palatasining Qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi A.Xaitov mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ajratilayotgan subsidiyalar, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari faoliyatini rivojlantirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish borasidagi ishlarni alohida qayd etdi.

Chexiya Qishloq xo‘jaligi qo‘mitasi raisi K.Mixail O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatish hamda birgalikda loyihalar yuritish borasida fikr bildirdi.

Uchrashuvda ishtirokchilar kelgusida agrar sohada hamkorlik tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olishdi. Jumladan, ikkala davlat Parlamenti Qishloq xo‘jaligi qo‘mitalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va tajriba almashish, Chexiyaning qishloq xo‘jaligi texnikalari, chorva hayvonlari, parrandalar va veterinariya preparatlarini keltirish hamda hamkorlikda o‘quv kurslari, seminar treninglar va davra suhbatlari tashkil etish.

Kun tartibidan mamlakatimizda yetishtirilgan meva sabzavotlarni Chexiya davlatiga eksport qilish masalalari ham muhokama qilindi.

 

O‘zA