Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quyosh energiyasidan foydalangan holda quritish
Muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda, mustaqil va murakkab energiya hamda issiqlik ta’minoti tizimlarini yaratish, ularni iqtisodiyotning turli sektorlariga joriy etish va keng qo‘llashga doir ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik-texnologik ishlar amalga oshirilmoqda.
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirishning muhim omili sifatida muqobil yoki qayta tiklanadigan energiya manbalaridan (quyosh, shamol energiyasi, biomassa, geotermal resurslar va boshqalar) foydalanish bo‘yicha amaliy ishlanmalar olib borilmoqda. Muqobil energiya manbalaridan foydalangan holda, mustaqil va murakkab energiya hamda issiqlik ta’minoti tizimlarini yaratish, ularni iqtisodiyotning turli sektorlariga joriy etish va keng qo‘llashga doir ilmiy-tadqiqot, konstruktorlik-texnologik ishlar amalga oshirilmoqda.Bugun mamlakatimizda energetika, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, ta’lim, o‘rta va kichik biznes sohasida foydalaniladigan quyosh fotoelektrik stansiyalari, suv isitgichlari, issiq suv ta’minoti tizimlari, suvni chuchuklashtirish moslamalari, issiqxonalar, shuningdek, quritish qurilmalarini loyihalashtirish, ishlab chiqarish, o‘rnatish va xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashtirilgan o‘nlab korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Qishloq xo‘jaligi mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim sektorlaridan biridir. Ayni paytda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va sifatli saqlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish zarur. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish ularni uzoq muddat saqlash va foydali xususiyatlarini saqlab qolishni ta’minlash bilan bog‘liq muammolarni hal etishning samarali yo‘llaridan biri hisoblanadi.
Ushbu jarayon qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini bug‘latish va paydo bo‘lgan bug‘ni yo‘q qilish orqali ulardagi namni quritishga asoslangan. Bu nafaqat mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini saqlash, balki ularni yanada yaxshilashni ta’minlaydi. Shu bois quritish jarayoni uslublari va maqbul rejimini tanlashda quritish texnologiyasining ilmiy asoslariga tayanish zarur. Bu borada mahsulot xususiyatini o‘rganish, energiya yetkazib berishning yuqori samarali va murakkab usullarini aniqlash talab etiladi. Mahsulotlarni quritish jarayonini tezlashtirishga yordam beradigan mazkur usullar qayta ishlash va oziq-ovqat sanoatida energiya sarfining ilmiy asoslangan me’yorlarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishni ham ta’minlashi lozim.
Qayta tiklanadigan energiya manbalaridan ushbu maqsadlarda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda quyosh energiyasi qayta tiklanadigan energiya manbalari orasida yetakchi sanaladi. Meva-sabzavot konservalariga nisbatan quritilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun unchalik ko‘p mablag‘ sarflanmaydi. Ammo, ushbu jarayon energiya tejaydigan texnologiyalarni ishlab chiqish va sohaga joriy etishni taqozo etadi. Masalan, bir kilogramm quritilgan mahsulot ishlab chiqarish uchun undagi 4-10 kilogramm namni yo‘q qilish lozim va bunda energiya sarfi 2,7-7,4 kilovatt-soatni tashkil etadi. Buning natijasida qishloq xo‘jaligi sektorida quritish jarayonining energiya sarfi soha umumiy yoqilg‘i balansining qariyb 20 foizini tashkil qiladi.
Mavjud qishloq xo‘jaligi quritish qurilmalari tuzilishiga ko‘ra, shartli ravishda ikki, ya’ni yoqilg‘ida (turli an’anaviy energiya resurslaridan foydalaniladi) va quyosh energiyasi yordamida ishlaydigan guruhga ajratiladi. Ularning har biri o‘z afzallik va kamchiliklariga ega. Yoqilg‘i asosida ishlaydigan quritgichlarning ustunligi shundaki, ular yuqori darajada mahsuldorlikni ta’minlab, sanoat asosida qo‘llash imkonini beradi. Kamchiligi esa narxining qimmatligi va ko‘p energiya talab qilishidir. Bundan tashqari, mazkur moslamalar tarkibida shakar ko‘p bo‘lgan meva-sabzavot navlarini quritishda unchalik samara bermaydi.
Mamlakatimizning tabiiy-iqlim sharoitida quyosh energiyasi asosida ishlaydigan qurilmalardan foydalanish ko‘rib chiqilayotgan ilmiy-texnik muammolarni hal qilish uchun istiqbolli hisoblanadi. Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ishlab chiqarishning ekologik jihatdan tozaligi, qulay tabiiy-iqlim sharoitlari ushbu qurilmalarning afzalliklari sirasiga kiradi. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining pishishi va ularni qayta ishlash jarayoni quyosh radiatsiyasining eng faol davriga to‘g‘ri keladi.
Biroq, bunday qurilmalarni qo‘llash ob-havo va kunning quyoshli bo‘lishiga bog‘liqdir. Buning natijasida quritish jarayoni cho‘ziladi va quyosh nuri bo‘lmagan paytda (kechasi yoki havo bulutli bo‘lganda) samaradorlik pasayadi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quyosh nuri bilan quritish jarayonini jadallashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining «Fizika – Quyosh» ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika-texnika institutida universal quritish qurilmasi ishlab chiqildi. Issiqlik o‘tkazuvchi akkumulyator bilan jihozlangan mazkur qurilmadan mavsum davomida foydalanish mumkin.
Ayni paytda issiqlikni to‘plash orqali quyosh energiyasini hosil qilish istiqbolli va jadal ishlab chiqilayotgan usul hisoblanadi. Bu turli materiallarda quyosh radiatsiyasi ta’sirida ro‘y beradigan faza o‘tkazgichlar hisobidan amalga oshiriladi. Glauber tuzi shunday materiallar sirasiga kiradi.
Nol daraja haroratda bir holatdan ikkinchisiga o‘tishda issiqlikning ajralish yoki singdirilish holati kuzatiladigan «muz-suv» tizimiga mos ravishda natriy sulfati glauber tuzining kristallangan suvida Selsiy shkalasi bo‘yicha 32,4 darajada eriydi. Bunda to‘plangan issiqlik energiyasi tuzlarning 32,4 daraja va undan past haroratda qayta kristallanishi jarayonida ajralib chiqadi. Bu esa issiqxonalarda o‘simliklarni yetishtirish uchun muayyan haroratni saqlash, ularni kunduzi qizib ketish, kechasi muzlab qolishdan saqlash imkonini beradi. Natriy sulfatidan issiqlik to‘plovchi material sifatida foydalanish issiqxonalarni isitish xarajatlarini, boshqa energiya turlari bilan isitilmaydigan issiqxonalarda o‘simliklarning ortiqcha qizib ketish va muzlash ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.
Institut mutaxassislari tomonidan yaratilgan quyosh energiyasida ishlaydigan shunday quritish moslamasining tajriba namunasi ayni paytda olimlarimiz ishlab chiqayotgan «Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va quritish uchun quyosh kompleksini yaratish» innovatsion loyiha doirasida Buxoro viloyatidagi «Adolat Zamin Yog‘dusi» fermer xo‘jaligida joriy etilmoqda.
Ushbu kompleks mavsumga qarab, yil davomida (qishda issiqxona, yozda quritish qurilmasi sifatida) foydalanish uchun mo‘ljallangan. Ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bir vaqtning o‘zida yoritish va ventilatsiya tizimlari faoliyatini, issiqlik energiyasi esa ish rejimiga qarab kompleks ichidagi zarur havo haroratini ta’minlaydi. Mazkur kompleksda bir paytning o‘zida 1,5 tonnagacha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish mumkin.
Mazkur universal kompleks yordamida energiyani tejash, tuvakka ekish va tomchilatib sug‘orish tizimidan foydalanish hisobidan turli o‘g‘itlar va suv sarfini kamaytirish mumkin. Shuningdek, oyna yoki polietilen o‘rniga havo qatlamchalari va issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar bilan qoplangan polikarbonatdan foydalanish va devorlar yuzasining shaffofligi samarasida atrof-muhitga katta miqdorda issiqlik chiqishi hajmi kamayadi.
Institut olimlari tomonidan yaratilgan murakkab universal quyosh quritish qurilmasi Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida taqdim etilib, ilmiy jamoatchilik va qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va quritishni ta’minlash maqsadida mamlakatimiz olimlari tomonidan quyosh energiyasidan oqilona foydalangan holda yaratilayotgan quyosh qurilmalarining joriy etilishi fermer xo‘jaliklarida ularni qo‘llash imkoniyatini kengaytirmoqda. Yosh olimlarimiz ham bu borada olib borilayotgan ishlarga salmoqli hissa qo‘shmoqda.
J.Ahatov,
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining «Fizika – Quyosh»
ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi
Fizika-texnika instituti
direktori o‘rinbosari.