Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Buxoroda hududiy meva-sabzavot yarmarkasi o‘tkasilmoqda
19:05 / 2016-10-25

Yarmarkaning ochilish marosimida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholining meva-sabzavot, uzum va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yarmarkaning ochilish marosimida qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholining meva-sabzavot, uzum va boshqa mahsulotlarga bo‘lgan ehtiyojini o‘zimizda yetishtirilgan mahsulotlar bilan ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Yarmarkada fermer xo‘jaliklari, mahsulotni qayta ishlashga hamda eksport qilishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar o‘z stendlari, axborot materiallari va meva-sabzavot mahsulotlari namunalari bilan ishtirok etmoqda.

Joriy yilda viloyatning barcha turdagi xo‘jalik subyektlarida yetishtirilgan meva-sabzavot mahsulotlari salmog‘i 1,2 million tonnadan oshishi kutilmoqda. Bu ichki bozor va qayta ishlovchilar ehtiyojini ta’minlash bilan birga, uning eksportini ko‘paytirish uchun ham katta imkoniyatdir.

8 (2).JPG

– Bunday tadbirlar mahsulot yetishtiruvchilar bilan hamkorlik aloqalarini bozor munosabatlari asosida yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi, – deydi “Buxoro go‘sht-sut savdo” aksiyadorlik jamiyati hududiy ulgurji bazasi rahbari I.Xolov. – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini kuz-qish mavsumiga g‘amlash faoliyatimizning asosiy yo‘nalishi hisoblanadi. Tadbirda fermer xo‘jaliklari bilan 1 ming 200 tonna mahsulot xaridi bo‘yicha shartnoma imzolashni mo‘ljallamoqdamiz.

Yarmarkada tijorat banklari ham ishtirok etmoqda.

Besh kun davom etadigan tadbirda mahsulot yetishtiruvchilar, qayta ishlovchi, zaxira qiluvchi va eksportchi korxonalar o‘rtasida ko‘plab shartnomalar tuzilishi kutilayapti.