“Qishloq qurilish bank” – yangi omonatlar va xizmatlar
Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” oʻzining depozit siyosatida aholining boʻsh pul mablagʻlarini bankdagi omonatlarga jalb qilishda ularning bank omonatlariga joylashtirgan pul mablagʻlarining barqaror daromadliligini taʼminlash va bankning manfaatlarini uygʻunlashtirishga qaratadi.
Aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” oʻzining depozit siyosatida aholining boʻsh pul mablagʻlarini bankdagi omonatlarga jalb qilishda ularning bank omonatlariga joylashtirgan pul mablagʻlarining barqaror daromadliligini taʼminlash va bankning manfaatlarini uygʻunlashtirishga qaratadi.
2019-yil 19-iyun kuni Oʻzbekiston Milliy matbuot markazida “Jismoniy va yuridik shaxslarga taklif etilayotgan omonat turlari, shartlari hamda bankning investitsiyaviy faolligini oshirishda jalb etilayotgan omonatlarning oʻrni” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda ommaviy axborot vositalari vakillariga bankning bu yoʻnalishda erishayotgan natijalari va galdagi vazifalari boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Qayd etildiki, aksiyadorlik tijorat “Qishloq qurilish bank” oʻzining depozit siyosatida aholining boʻsh pul mablagʻlarini bankdagi omonatlarga jalb qilishda ularning bank omonatlariga joylashtirgan pul mablagʻlarining barqaror daromadliligini taʼminlash va bankning manfaatlarini uygʻunlashtirishga qaratadi. Buning yorqin misoli sifatida bugungi kunda bank tomonidan yillik 21 foizlik omonatlar aholi uchun taklif etilayotganligi, ayniqsa, onlayn tarzida joylashtirilgan omonat pul mablagʻlariga yillik 22% gacha foiz toʻlovlarining amalga oshirilayotganligini keltirish mumkin.
2019-yilning oʻtgan 5 oyi davomida ATB “Qishloq qurilish bank”da jami omonatchilar soni 98 800 tadan 104 600 ga yetdi, yaʼni omonatchilar soni 5800 taga oʻsdi. Omonatlardagi mablagʻlar qoldigʻi 610,1 mlrd. soʻmdan ortdi. Aholining bankdagi omonatlarda qoldigʻi yil boshiga nisbatan 64,7 mlrd. soʻmga yoki 112 % ga ortishiga erishildi. Joriy yilning iyun-dekabr oylarida omonatlarga qariyib 60,0 mlrd. soʻm mablagʻ jalb qilish orqali yil yakuniga omonatlar qoldigʻini 680,0 mlrd. soʻmga yetkazib, uning yillik oʻsish darajasini qariyb 125% ni tashkil etishi koʻzda tutilgan. Bu borada bank tuzilmalari tomonidan tegishli choralar belgilangan.
“Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da aholining boʻsh pul mablagʻlarini bank omonatlariga koʻproq jalb qilish, ayniqsa, omonatlarni saqlash muddatlarining uzoqligiga muvofiq ravishda nisbatan yuqori foizda daromad keltirilishini taʼminlash orqali aholi bilan manfaatli aloqalarni mustahkamlashda ijobiy natijalarga erishildi. Bankning uzoq muddatli (1 yildan ortiq saqlanadigan) omonatlar qoldigʻi 2019-yilning 1-iyun holatida qariyb 293,0 mlrd. soʻmni tashkil etib, qisqa muddatda, yaʼni 2018-yil boshiga nisbatan 276,0 mlrd. soʻmga ortdi. Bugungi kunda aholi “Qishloq qurilish bank” filiallariga uzoq muddatlarga boʻsh pul mablagʻlarini jadal joylashtirayapti. Unga munosib ravishda bank ham oʻz xizmatlarini tobora jozibadorligini va qulayligini oshirib bormoqda.
Jumladan;
- Bank filiallarida muddatli va jamgʻarmali omonatga minimal miqdordan yuqori mablagʻ joylashtirgan omonatchiga bank Boshqaruvining qaroriga koʻra bank plastik kartalari bepul taqdim qilinmoqda;
- bank omonatchilarining omonatlardagi mablagʻlarini ularning shaxsiy mobil aloqa vositasida masofadan boshqarish imkoniyatini beruvchi “Depozit banking” xizmatiga ulanish va foydalanish ham omonatchilarga bepul belgilangan, ushbu masofaviy dastur orqali joylashtirilgan omonatlarga shartnoma summasidan 1% yuqori foiz toʻlov amalga oshirilishi ham yoʻlga qoʻyilgan;
- nisbatan uzoq muddatli omonatlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori foiz toʻlov joriy qilingan;
- aholining omonatlardagi mablagʻlarini ishonchli va xavfsiz saqlanishini taʼminlash maqsadida bank tomonidan qoʻshimcha ravishda “Biometrik identifikatsiyalash” tizimi (barmoq izi orqali) joriy qilingan;
- omonatchining pasport muddatining oʻtganligi, omonat muddatining yetib kelganligidan xabar beruvchi “SMS xabarnoma” tizimi yoʻlga qoʻyilgan;
- baʼzi sharoitlarga koʻra muddatidan oldin qaytarib olingan omonatlarga ularning haqiqatda saqlangan muddatlariga muvofiq foiz toʻlovlarini amalga oshirish va boshqa qulayliklar yaratilgan.
Bank omonatlar qoldigʻi oʻtgan yilning shu davrida 564,0 mlrd. soʻmni tashkil qilgan boʻlib, joriy yilning 1-iyun holatiga bu koʻrsatkich 108% ga oshdi va 610,1 mlrd. soʻmga yetdi. Shundan, uzoq muddatli omonatlar 292,9 mlrd. soʻmni, yaʼni jami omonatlarning 48% ini, qisqa muddatli omonatlar 317,2 mlrd. soʻmni, yaʼni jami omonatlarning 52% ini tashkil yetmoqda.
ATB “Qishloq qurilish bank” tomonidan aholining boʻsh pul mablagʻlarini bankdagi omonatlarga yanada koʻproq jalb qilish maqsadida 2019-yil 1-iyun holatiga 26 ta omonat turlariga mablagʻlar jalb etilgan boʻlib, shulardan 19 tasi milliy valyutada, qolgan 7 tasi xorijiy valyutadagi omonat turlaridir.
Matbuot anjumanida joriy qilinishi rejalashtirilayotgan yangi omonatlar va xizmatlar haqida maʼlumotlar berildi va jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.
Bank axborot xizmati
Reklama huquqi asosida