Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank” xodimlari orasida zakovat kubogi o‘tkazildi
09:12 / 2021-03-28

ATB “Qishloq qurilish bank” xodimlari o‘rtasida “Zakovat kubogi” intellektual o‘yini musobaqasi o‘tkazildi.

ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida 2021 yilda xodimlar bilimlarini yanada mustahkamlash va ilmiy salohiyatini yuksaltirish maqsadida “Zakovat kubogi” intellektual turnirini o‘tkazish vazifasi kiritilgan bo‘lib, ushbu turnir milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tdi.

Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida, turnir tashkil etildi. Turnirning yakuniy – final bosqichida viloyatlar, Toshkent shahri va Bosh bank jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Final bosqichi 3 ta bo‘limda o‘tkazildi. Orada jamoalarga tanaffus berilib, o‘z iqtidor va bilimlarini to‘la namoyon qilishlariga zamin yaratildi. Har bo‘lim oxirida natijalar e’lon qilib borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Sirdaryo viloyati jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan turnir ko‘chma kubogining 2021 yilgi sohibiga aylanishdi.

Qashqadaryo, Buxoro viloyatlari va Bosh bank jamoasi to‘plagan ballar teng kelib qolgani bois, qo‘shimcha bo‘limlar o‘tkazildi. Har bir bo‘limda 5 tadan savol berildi. Dastlabki bo‘limda Bosh bank jamoasi g‘olib bo‘ldi va ikkinchi o‘rinni band etdi. Shundan so‘ng, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari jamoalari kurashni davom ettirib, 3-o‘rin sohibini aniqlashdi. 5 ta savolga berilgan javoblarga ko‘ra, Buxoro viloyati g‘olib bo‘ldi va uchinchi pog‘onani band etdi.

Bu yilgi bahslar ham  qarama-qarshiliklarga boy bo‘lgani va unda kuchli raqobat muhitini yuzaga keltira olgani uchun ishtirokchi va g‘oliblarga bank rahbariyati tomonidan alohida minnatdorchilik bildirildi.

Taqdirlash marosimida bank Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Farhod G‘afurov ishtirok etib, jamoalar a’zolarini ishtirok va g‘oliblik bilan bank rahbariyati nomidan tabrikladi, jamoalarga atalgan sovg‘alarni topshirdi.

Reklama huquqi asosida