Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishloq qurilish bank“ Qo‘qon filiali yangi binoda ish boshladi
16:51 / 2019-12-05

Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank“ tomonidan jurnalistlar uchun Farg‘ona viloyatiga press-tur tashkil etildi.


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq qurilish bank“ tomonidan jurnalistlar uchun Farg‘ona viloyatiga press-tur tashkil etildi. 

Ikki kunlik press-tur davomida jurnalistlar “Qishloq qurilish bank“ Farg‘ona mintaqaviy filiali faoliyati, bank tomonidan qurilib foydalanishga topshirilgan namunaviy uy-joylardagi sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Bundan tashqari OAV vakillari bank kreditlari hisobidan o‘z tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirayotgan tadbirkorlar va mahalliy aholi bilan suhbatda bo‘lib, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. 

Press-tur mobaynida “Qishloq qurilish bank“ Qo‘qon filiali yangi binosining ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. 

“Shu vaqtga qadar aholiga eski, achinarli ahvoldagi binoda bank xizmatlarini ko‘rsatardik. Bu holat yuzasidan mijozlardan ko‘p shikoyatlar eshitar edik. Yangi bino barcha zamonaviy talablarga javob beradi. Filialda 1 200 dan ortiq yuridik va yakka tartibdagi tadbirkorlarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Bundan tashqari 10 mingdan ziyod jismoniy shaxslarga kreditlar ajratildi, 5 mingdan ortiq mijozlarimizda bank plastik kartalar bor. Qo‘qon shahriga tutash 7 ta tuman aholisiga xizmat ko‘rsatamiz. Shuningdek, hozirda tuman markazlarida bank xizmat ko‘rsatish tarmoqlari ham qurilmoqda, deydi “Qishloq qurilish bank“ Qo‘qon shahar filiali rahbari Anvarjon Rashidov.

Ayni vaqtda bankda 60 nafar xodim xizmat qilmoqda. Bank filialida zamonaviy formatlardagi “back office”, “front offise” lar ham mavjud.

Press-turning qolgan tafsilotlari saytimizda batafsil yoritiladi.