Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qishloq qurilish bank» Qashqadaryo  mintaqaviy filiali yangi binoda ish boshladi
09:19 / 2020-12-21

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda.

Respublika hududlarida bank infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.

Kuni kecha bankning Qashqadaryo mintaqaviy  filiali yangi ma’muriy binoda ish boshladi. Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov, Qashqadaryo  viloyat hokimi birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohot va yangilanishlar “Bank - mijoz uchun” tamoyili asosida banklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqayotganini e’tirof etdilar. 

«Qishloq qurilish bank» Qashqadaryo  mintaqaviy filiali uchun foydalanishga topshirilgan янги  binoda yaratilgan qulayliklar hisobiga endilikda bank mijozlari buxgalteriya hisob-kitoblari, valyuta ayriboshlash, pul o‘tkazmalari hamda  turli to‘lovlar bilan bog‘liq zarur xizmatlardan shu yerning o‘zida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Elektron navbat tizimining mavjudligi esa bank xodimlari va mijozlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Filialning zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangani esa, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi. 

bugungi  kunda Qashqadaryo mintaqaviy filialida 5200 dan ortiq yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Filial orqali 72000dan  ortiq fuqarolar  bank  kartalaridan foydalanib kelmoqda. Shuningdek,  viloyatda “Qishloq  qurilish bank”ning  Ko‘kdala va Yakkabog‘ filiallari ham mijozlarga xizmatlar ko‘rsatmoqda.

ATB «Qishloq qurilish bank» kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida