Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Qishloq qurilish bank» Qashqadaryo mintaqaviy filiali yangi binoda ish boshladi
15:14 / 2020-12-19

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» mijozlarga qulaylik yaratish, aholini zamonaviy bank xizmatlari bilan ta’minlash maqsadida o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirib bormoqda.

Respublika hududlarida bank infratuzilmalari tarmog‘i kengaymoqda va bank filiallari zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlanmoqda.

Kuni kecha bankning Qashqadaryo mintaqaviy filiali yangi ma’muriy binoda ish boshladi. Shu munosabat bilan tadbir tashkil etildi. Unda so‘zga chiqqan ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Boboxon Bobojonov, Qashqadaryoviloyat hokimi birinchi o‘rinbosari O‘tkir Bo‘tayev va boshqalar davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston bank tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohot va yangilanishlar “Bank - mijoz uchun” tamoyili asosida banklar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqayotganini e’tirof etishdi.

«Qishloq qurilish bank» Qashqadaryo mintaqaviy filiali uchun foydalanishga topshirilgan yangi binoda yaratilgan qulayliklar hisobiga endilikda bank mijozlari buxgalteriya hisob-kitoblari, valyuta ayriboshlash, pul o‘tkazmalari hamda turli to‘lovlar bilan bog‘liq zarur xizmatlardan shu yerning o‘zida foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Elektron navbat tizimining mavjudligi esa bank xodimlari va mijozlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratadi. Filialning zamonaviy bank texnologiyalari bilan jihozlangani esa, sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatini oshiradi.

bugungi kunda Qashqadaryo mintaqaviy filialida 5200 dan ortiqyuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatilmoqda. Filial orqali 72000dan ortiq fuqarolar bank kartalaridan foydalanib kelmoqda. Shuningdek, viloyatda “Qishloq qurilish bank”ning Ko‘kdala va Yakkabog‘ filiallari ham mijozlarga xizmat ko‘rsatmoqda.

ATB «Qishloq qurilish bank» kelgusida ham o‘z infratuzilmalari faoliyatini takomillashtirish orqali mijozlar ishonchini qozonishga, tadbirkorlar faoliyatini rag‘batlantirishga va aholi daromadlarini oshirishga intiladi.

Bank axborot xizmati