Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq qizlari chim ustida xokkey bo‘yicha chempion
13:32 / 2025-05-20

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida bundan bir necha yil avval chim ustida xokkey qizlar jamoasi tashkil etilgandi. O‘shanda markazdagi mutaxassislardan biri istehzoli kulib qo‘ygan, ko‘raylikchi, qayergacha borishar ekan, degandi.

Fidoyi inson, sport ustasi Abduhamid Vahobov boshchiligidagi jamoa uzoq kuttirmadi. Dastlabki yiliyoq viloyat musobaqasida g‘olib, keyingi yil respublikada sovrindor, yana bir oz fursat o‘tib xalqaro musobaqalar ishtirokchisi bo‘ldi. Futbol jamoasi bo‘lmagan qo‘shtepalik ishqibozlar chim ustida xokkey ko‘rgani boradigan bo‘lishdi. Lekin tomoshabinga imkon, sharoit yo‘q edi. Chunki qizlar jamoasi maktabning moslashgan stadionida o‘ynar edida. Nihoyat chavg‘on surgan sportchilar orzulariga yetishdi. Yangi o‘yingoh majmuasi qurilishiga 40 milliard so‘m ajratildi.

Majmua zamonaviy standartlarga javob beradigan maydon, kiyinish xonalari, tomoshabinlar uchun qulay sharoitlar va boshqa zarur infratuzilmalarga ega.  

– Stadion foydalanishga topshirilishi munosabati bilan 21 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston birinchiligi o‘tkazildi, – deydi chim xokkey qizlar jamoasi murabbiyi Abduhamid Vahobov. – Unda Andijon, Samarqand va Namangan yigitlar jamoalari birinchi-uchinchi o‘rinlarni egallashdi. Bizning qizlar esa 6-12 may kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tgan 18 yoshlilar o‘rtasidagi O‘zbekiston birinchiligida mamlakat chempioni bo‘lib qaytdilar.

Muhammadjon Obidov,  

O‘zA