French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq bolalari uchun bepul boks to‘garagi
09:00 / 2018-06-08

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev 2017 yil 20 iyul kuni Chiroqchi tumanida uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan va unda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, zamonaviy boks to‘garagi ochish masalasi muhokama qilingan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar siyosati masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi – O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi Q.Quronboyev 2017-yil 20-iyul kuni Chiroqchi tumanida uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgan va unda yoshlar tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, zamonaviy boks to‘garagi ochish masalasi muhokama qilingan edi.

Nihoyat, chiroqchilik yoshlarning orzusi amalga oshdi. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan bepul boks to‘garagi ish boshladi.

To‘garak tuman yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va o‘zaro madaniy-sport aloqalarini yo‘lga qo‘yish hamda yoshlarni sport o‘yinlariga ommaviy jalb qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

– Farzandim Odiljon yoshligidan boksga qiziqqani sababli uzoq bo‘lsa-da, Shahrisabz shahridagi boks to‘garagiga qatnar edi, – deydi Dilshod aka. – Endi hech qanday xavotir va tashvishga o‘rin qolmadi. Ham yaqin, ham bepul. Yoshlarimiz mana shunday katta imkoniyatlardan samarali foydalanishiga ishonamiz.

Quvonarlisi, hozirning o‘zida to‘garakka 100 ga yaqin o‘g‘il-qizqatnashmoqda.