FOTOREPORTAJ
Nukus shahrida 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuniga bag‘ishlab bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirga qishloq xo‘jaligi sohasida fidokorona mehnat qilayotgan xotin-qizlar taklif qilindi. Unda so‘z olganlar qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan ayollarni bayram bilan qutlab, ularning jamiyatimizdagi o‘rni va agrar sohani rivojlantirishga qo‘shayotgan hissasi, shuningdek davlatimiz tomonidan yaratib berilgan keng imkoniyatlar xususida so‘z yuritdi.
[gallery-25748]
Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, bugungi kunda Qoraqalpog‘istonda jami 511 nafar ayol fermer xo‘jaligini boshqarib kelmoqda. Ulardan 300 dan ziyodi dehqonchilik, 58 tasi chorvachilik va baliqchilik, 150 dan ortig‘i bog‘dorchilik va asalarichilik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Asosiysi, fermer xotin-qizlar o‘zining samarali mehnati bilan mamlakatimiz iqtisodiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.
Bayram tadbirida qishloq xo‘jaligi sohasida samarali mehnat qilayotgan bir guruh faol ayollar tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Madaniyat va san’at sohasi xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bayramga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA