Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq ayollari doimo e’tiborda
11:09 / 2022-10-12

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2007 yil 18 dekabrdagi yig‘ilishida "Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash to‘g‘risida” gi rezolyutsiyasi asosida 15 oktyabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni sifatida rasman e’lon qilingan. bugungi kunda mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanmoqda. 

Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan mamlakatimizdagi qishloqlarda istiqomat qiluvchi xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar hamda madaniy-ma’rifiy, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda. 

Andijon viloyati Marhamat tumani Qoraqo‘rg‘on madaniyat markazida qishloq ayollari va tumandagi O‘zbekiston Respublikasi DXX chegara qo‘shinlariga qarashli harbiy qism harbiy xizmatchilarining turmush o‘rtoqlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Marxamat tumani hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Hafizaxon Mamarizayeva, harbiy qism ofitserlari va xotin-qizlar kengashi raisi ishtirok etdi. Barcha ayollar bayram bilan tabriklanib, sovg‘alar berildi. Ko‘ngillarni xushnud etuvchi kuy va qo‘shiqlar ishtirokchilarga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Nilufar Bozorova,
O‘zA