Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq ayolidir bu, qishloq ayoli (+video)
17:01 / 2023-10-15

Qishloq ayoli - soddadil, xokisor, mehnatkash, bag‘rikeng. Ularning sha’niga qancha ta’rif bersak, shuncha oz.

Quyosh ufqdan hali bosh ko‘tarmay, qishloq xonadonlari bekalari allaqachon yangi kun yumushlarini boshlab yuborgan.  

Tong qorong‘isida tandirga olov qalagan mushtipar ayol nonushtagacha savat-savat non yopadi, mol- holga qaraydi,  tomorqa oralashga ham ulguradi. Cheki yo‘q uy-ro‘zg‘or yumushlaridan aslo charchamaydi. Mehnatda qo‘llari qavaradi. Farzandlarini bilimli, zukko etib tarbiyalash uchun bor imkoniyatini ishga soladi. Zalvorli kundalik hayot tarzidan aslo nolimaydi,  bugunidan rozi,  ertasidan ko‘ngli to‘q.  

<iframe width="853" height="480" src="https://www.youtube.com/embed/yFoibY17leU" title="Қишлоқ аёлидир бу,  қишлоқ аёли" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Qishloq ayolidir bu, qishloq ayoli.  

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV videolavhasi.