Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishloq aholisi muammolari o‘rganildi
18:04 / 2023-02-28

Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi Turkmaniston bilan chegaradosh, tuman markazidan 85 kilometr uzoqlikda joylashgan “Qorako‘l” MFYga qarashli Kengsoy qishlog‘i aholisi muammolari o‘rganildi.

Xalq demokratik partiyasi tomonidan saylangan deputatlar va “Mahalla” xayriya jamoat fondi G‘uzor tumani bo‘linmasi rahbari qishloq fuqarolarning murojaatlarini birma bir ko‘rib chiqishdi.

O‘rganish jarayonida qishloqdagi kam ta’minlangan 4 nafar fuqaroga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Shuningdek, 56 nafar o‘rganilgan oilaning 12 nafariga oilaviy sharoiti o‘rganilib, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan moddiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha deputatlar ishtirokida tavsiyalar berildi.  

Bundan tashqari, shu hududda joylashgan 57-maktab faoliyati bilan tanishilib, “Mahalla” xayriya jamoat fondi hisobidan maktab kutubxonasiga kitoblar jamlanmasi va o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘lmas Barotov, O‘zA.