Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishlayotgan laylaklar iqlim o‘zgarishining jonli dalili
14:38 / 2026-01-19

FOTOREPORTAJ

Laylaklar mavsumiy ko‘chib yuruvchi qushlar sirasiga kiradi. Kuz fasli oxirlayotgan pallada ular minglab kilometr masofani bosib o‘tib, iliq o‘lkalarga qanot qoqadi. Biroq so‘nggi yillarda yurtimizda qish faslida ham laylaklarni uchratish odatiy tus oldi.  

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, laylaklarning o‘lkamizda qishlashi, avvalo, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq. Chunki so‘nggi yillarda qish faslida ayoz zabtiga olmay, havo harorati nisbatan barqaror saqlanib qolmoqda.

Bundan tashqari, inson faoliyati laylaklarning xulq-atvoriga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Aholi yashash punktlari yaqinida qushlar uchun yetarli yemish topiladi, ba’zida esa odamlar qushlarga atayin ozuqa hozirlaydilar. Bu omillar laylaklarning ko‘chish ehtiyojini kamaytiradi.

[gallery-27176]

Ayrim hollarda qishlab qolgan laylaklar yaralangan yoki zaif bo‘ladi. Ular uzoq masofaga ucha olmagani sababli shu hududda qolishga majbur. Ammo qattiq sovuq kuzatilgan yillarda bu qushlar uchun xavf ortadi. Shu bois ekologlar bunday holatlarni doimiy kuzatib borish zarurligini ta’kidlaydilar. Agar iqlim o‘zgarishi shu sur’atda davom etsa, kelajakda ko‘chmanchi qushlarning ko‘chish xaritasi tubdan o‘zgarishi ham qayd etiladi. 

Shavkat TOHIROV (surat), O‘zA