French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishki ta’tilda sport musobaqalari
17:27 / 2021-01-08

O‘quvchi-yoshlarning qishki ta’tilini mazmunli o‘tkazish, ularda jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanish hamda sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan keng qamrovli sport musobaqalari o‘tkazildi.

Jumladan, ushbu musobaqalar Qorovulbozor tumanidagi “Barkamol avlod bolalar markazi”, Kogon shahridagi 9-, G‘ijduvon tumanidagi 42-, Kogon tumanidagi 17-, Vobkent tumanidagi 8-, Shofirkon tumanidagi 3- va 5-umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida quvnoq startlar tarzida hamda sportning shaxmat-shashka, stol tennisi, voleybol, basketbol turlari bo‘yicha tashkil etildi.

[gallery-724]

Mazkur sport tadbirlari yoshlarning jismoniy faolligi, qolaversa, salomatligini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.  

 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA