Qishki ta’til shodiyonasi bolajonlarga quvonch ulashdi (+video)
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi Navoiy mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan Yangi yil bayram tadbiri quvonchli lahzalarga boy bo‘ldi.
Mazkur bayram shodiyonasi viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida xizmat qilayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari, ayniqsa bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashish maqsadida tashkil etildi. Tadbirda Yangi yil ruhi, bayramona bezatilgan sahna, qahramonlar ishtirokidagi chiqishlar bolalarning quvonchiga quvonch qo‘shdi.


Bayram dasturidan qiziqarli o‘yinlar, qo‘shiq va raqslar, sahnaviy chiqishlar o‘rin oldi. Qorbobo va Qorqiz ishtirokidagi tomoshalar bolajonlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lib, ularning faol ishtirokida o‘tdi.


Tadbir yakunida barcha ishtirokchi bolajonlarga Yangi yil sovg‘alari topshirildi. Sovg‘alar ular uchun yanada unutilmas bayram kayfiyatini ulashdi.
Abdujalol Qayumov (surat), O‘zA muxbiri