Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishki Olimpiya o‘yinlarida medal jamg‘arishda Yevropa davlatlari peshqadam
11:41 / 2026-02-13

Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tayotgan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida Yevropa davlatlari medallar jamg‘arish bo‘yicha peshqadam bo‘lib turibdi.

To‘rt yillikning eng nufuzli sport musobaqasida Norvegiya, Italiya va AQSH terma jamoalari eng ko‘p medal yutib olgan davlatlar qatorida.

Jadvalga ko‘ra, Norvegiya sportchilari musobaqa davomida 7 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Italiya delegatsiyasi hisobidagi medallar 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronzaga yetdi. AQSH esa 4 ta oltin, 7 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan kuchli uchlikni yakunlamoqda.

Shuningdek, germaniyalik sportchilar 4 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza, Shvetsiya 4 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta bronza, Shveysariya 4 ta oltin 1 ta kumush va 2 ta bronza bilan 4-6 pog‘onalarni band etdi. Avstriyalik sportchilar 3 tadan oltin va bronza, 6 ta kumush, Fransiya 3 oltin, 4 kumush, 1 bronza, Niderlandiya 3 tadan oltin va kumush, Yaponiya 2 tadan oltin hamda kumush va 6 ta bronza medal bilan 7-10 o‘rinlarga joylashdi.

Ma’lumot uchun, Xalqaro konkichilar ittifoqi musobaqa dasturlari kesimida litsenziyalar taqsimotini qayta ko‘rib chiqdi va natijada hamyurtimiz Daniil Eybog 14-fevral kuni 1500 metr masofada ham ishtirok etishi tasdiqlandi. Shuningdek, u 500 metr masofada ham yo‘llanma sohibi sifatida Olimpiya bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA