Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishki Olimpiadada sportchilar musobaqalardan chetlashtirilmaydi
12:42 / 2022-01-30

Dunyo bo‘ylab epidemiologik murakkab vaziyatda o‘tkazilishi kutilayotgan qishki olimpiya o‘yinlarida sportchilar va jamoalarning haq-huquqlarini himoya qilish maqsadida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi yangi qoidalar joriy etdi.

Bu haqda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati va Pekin-2022 tashkiliy qo‘mitasi xabar tarqatdi.

Xabarga ko‘ra, sportchining yoki jamoaning COVID-19 bilan kasallanganligi tasdiqlangan taqdirda bahslarda qatnasha olmay qolganlar musobaqa qaydnomasida diskvalifikatsiya sifatida ko‘rsatilmaydi.

Sportchi yoki jamoa musobaqa davomida bellashuvni davom ettira olmasa, ularning so‘nggi natijasi hisobga olgan holda huquqi himoya qilinadi.

Yangi qoidalarga asosan bahslarda qatnasha olmaydigan sportchi yoki jamoaning o‘rnini boshqa sportchi yoki jamoa egallashi mumkinligi ko‘rsatilgan.

Xabar berganimizdek, qishki olimpiya o‘yinlari joriy yilning 4-20 fevral kunlari o‘tkaziladi. Hozirda to‘rt yillikning bahslarida qatnashadigan sport delegatsiyalari Xitoyga kelishni boshlashgan.

To‘lqin Ro‘ziyev, 
O‘zA