Sport olamidagi eng muhim tadbirlardan biri - XXV qishki Olimpiya o‘yinlari Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida o‘tayotganidan xabaringiz bor.
To‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi bo‘lgan ushbu o‘yinlarda Norvegiya delegatsiyasi hisobidagi medallar 7 oltin, 2 kumush, 4 bronza jami 13 taga yetdi va umumjamoa hisobida birinchi o‘rinda bormoqda.

AQSH delegatsiyasi sportchilari bugunga qadar 4 oltin, 6 kumush va 2 bronza medalini jamg‘arib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan bo‘lsa, mezbonlar 4 ta oltin, 2 ta kumush va 7 ta bronza medal bilan kuchli uchlikni yakunladi.

Shuningdek, Shveysariya 4 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza, Germaniya 3 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronza, Fransiya 3 oltin va kumush, 1 dona bronza medalini qo‘lga kiritib, 4-6 pog‘onalarni band etdi. Shvetsiya 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, Avstriya ikki oltin, beshta kumush va yagona bronza, Yaponiya 2 tadan oltin va kumush hamda 4 ta bronza, Niderlandiya 1 ta oltin va 2 ta kumush medallariga sazovor bo‘lgan holda top-10 talikka kirdi.

Eslatib o‘tamiz, 22-fevral kuniga qadar davom etadigan XXV qishki Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini tog‘ chang‘isida Medet Nazarov, short-trek sport turida esa Daniil Eybog himoya qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA