Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishga tayyorgarlik ishlari nazorat qilinmoqda
20:44 / 2020-10-21

Qish mavsumining koʻngildagidek oʻtishi jarayonga tayyorgarlik ishlariga bevosita bogʻliq. Shu bois aholi manfaatini taʼminlash uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

Qish mavsumining koʻngildagidek oʻtishi jarayonga tayyorgarlik ishlariga bevosita bogʻliq. Shu bois aholi manfaatini taʼminlash uchun kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari olib boriladi.

Shu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni nazorat qilish uchun esa Respublika ishchi guruhi faoliyat yuritmoqda. Shu kunlarda ishchi guruh tomonidan poytaxtimizdagi tayyorgarlik ishlari oʻrganilmoqda. Muqaddam aniqlangan muammolarning hal etilgani bevosita sarhisob qilinmoqda.

Bugun Bosh prokuror oʻrinbosari – Harbiy prokuror general-mayor Shuhrat Uzoqov rahbarligidagi ishchi guruh Mirzo Ulugʻbek tumanida boʻlib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Maʼlum boʻlishicha, Feruza mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 1950-yilda qurilgan 960 oʻrinli 205-sonli maktabda taʼmirlash ishlari jadal olib borilmoqda. Issiqlik tizimi va tom qismi yangilangan, fasad qismi va sinfxonalar taʼmirlanmoqda. Zamonaviy koʻrinishdagi stadion ham barpo etilgan boʻlib, ushbu taʼlim muassasasi joriy yilning dekabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilmoqda.

Qorasuv kanali va atrofi tozalangan hamda obodonlashtirilgan, hozirda kanalning 800 metr masofadagi atrof hududi panjara bilan oʻralib, yoʻlak qilingan va yoritish chiroqlari oʻrnatilgan. Bu kabi ishlar yana 2,3 ming metr masofada amalga oshiriladi.

Ulugʻbek mavzesidagi 286-sonli maktabni kapital taʼmirlash ishlari davom etmoqda. 1961-yilda qurilgan 340 oʻrinli 219-sonli maktabgacha taʼlim muassasasini rekonstruksiya qilish ishlari esa yakunlangan va bogʻcha foydalanishga topshirish arafasida.

“Al Farobiy” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi 1,5 ming oʻringa moʻljallab 1980-yilda qurilgan 211 “A”-sonli maktabda esa kapital taʼmirlash ishlari yakuniga yetib qoldi.

Taʼkidlash joizki, kamchiliklar yoki sifatsiz bajarilgan ishlar ayni sovuq mavsumida yaqqol koʻzga tashlanadi va bu tegishli javobgar shaxslarning oʻz ishi va majburiyatlariga munosabati aslida qanday boʻlganini namoyon qiladi. Shu bois hajmi yoki ahamiyatidan qatʼiy nazar, har bir ishni yuqori saviyada amalga oshirish talab etiladi. Bu esa, albatta, katta masʼuliyat va javobgarlik yuklashini mutasaddilar unutmasligi kerak.