Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
13:59 / 2023-11-09

FOTOREPORTAJ

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanida joylashgan ko‘p qavatli uylarning barchasida qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari rejali amalga oshirilmoqda.

Tumandagi Yuqori, Shomat, Z. Habibiy, Muazzimboy mahallalarida joylashgan ko‘p qavatli uylarda ham mavsumni ko‘ngildagidek va betalofat o‘tkazish borasida qator chora-tadbirlar ko‘rilayotir.  

Binolarning fasad qismini ta’mirlash, yerto‘lalarni tartibga keltirish, kommunal soha vakillari tomonidan ko‘riklar o‘tkazish, yong‘in va turli baxtsiz hodisalar kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan omillarni bartaraf etish ishlariga alohida ahamiyat qaratilmoqda.  

[gallery-14472]

Xususan, Mustaqillik mahallasida bo‘lgan ishchi guruh vakillari aholi bilan suhbatlashib, mavsumni betalafot o‘tkazishga doir tavsiyalar berdi. Shuningdek, tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan aholi uylarida dudburonlarni tozalash ishlari olib borildi.

 

Zuhriddin UMURZOQOV(surat),O‘zA