Qishga tayyorgarlik ishlari avjida (+video)
Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanidagi Chinobod mahallasidan boshlangan obodonlashtirish ishlari bugun G‘afur G‘ulom, “Sanoatchilar” hamda “Mevazor” mahallalarida ham yuksak shijoat bilan davom etmoqda.
Binolarning tom qismi, elektr va gaz ta’minoti, issiqlik va suv tarmoqlari — hammasi qayta ko‘rib chiqilmoqda.
Alohida qayd etish joizki, uylar fasadi bazalt plitalar bilan qoplanayotgani nafaqat qurilishga zamonaviy nafas bag‘ishlamoqda, balki atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkor munosabat ramzi sifatida ham namoyon bo‘lmoqda. Bu plitalar — issiqlikni ushlaydi, energiyani tejaydi, muhitni musaffo saqlaydi. Uylar qishda sovuqqa qarshilik ko‘rsatsa, yozda quyosh tig‘iga bardosh beradi.
[gallery-25577]
Do‘stlik tumanidagi ta’mirlash, obodonlashtirish ishlari har bir xonadonga issiqlik, har bir ko‘ngilga e’tibor, har bir mahallaga bunyodkorlik ruhini bag‘ishlamoqda.
<iframe width="599" height="449" src="https://www.youtube.com/embed/7YWpgk2_nxk" title="Qishga tayyorgarlik ishlari avjida" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>