French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Qishga aylangan bahorim” kitobi taqdimoti o‘tkazildi (+video)
12:39 / 2025-12-26

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tomonidan poytaxtimizdagi "Turon" axborot-kutubxonasida “Qishga aylangan bahorim” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi.

Gvardiyachi leytenant Jasur Ne’matovning  “Qishga aylangan bahorim” nomli kitobi taqdimotida Milliy gvardiya qo‘mondonligi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, shoirlar, faxriylar va kursantlar  ishtirok etdi.

Tadbirda Jasur Ne’matovning harbiy xizmatchi bo‘la turib yozuvchilik sohasida samarali ijod qilib kelayotgani va sportda ko‘plab yutuqlarni qo‘lga kiritgani, xizmat burchini ado etish orqali to‘plangan hayotiy tajribalarini asarda ta’sirchan tarzda tasvirlagani ta’kidlandi.  

<iframe width="1188" height="668" src="https://www.youtube.com/embed/WC6YB9hymxM" title="“Qishga aylangan bahorim” kitobi taqdimoti o‘tkazildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

— Jasur Ne’matov ijodida harbiy intizom bilan adabiy nafosat uyg‘unlashgan. “Qishga aylangan bahorim” Vatanga xizmat qilayotgan yosh avlod qalbining samimiy iqroridir. Bunday asarlar yoshlarni ruhlantiradi, hayotga jiddiy qarashni o‘rgatadi, – deydi O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi raisi maslahatchisi Salim Ashur.

Ta’kidlash joizki, Leytenant Jasur Ne’matov “Qishga aylangan bahorim” kitobi bilan joriy yilning oktyabr oyida “O‘zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi” tomonidan o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari – 2025” ilmiy-ijodiy ishlar tanlovining Respublika bosqichida ishtirok etib, faxrli birinchi o‘rinni egalladi. Turkiya Respublikasida bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy konferensiyada ishtirok etib, asarning taqdimotini o‘tkazishga  muyassar bo‘ldi.  

Shuningdek, tadbir davomida ushbu kitob Yevropa va Amerikada chop etilishi bo‘yicha tadbirlar rejasiga kiritilishi haqida O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma’lum qilindi.  

Tadbir so‘ngida Milliy gvardiya Ashula va raqs ansambli xonandalarining kuy-qo‘shiqlari armug‘on etildi.

Nigora Rahmonova,  

Ulug‘bek To‘xtayev (montaj),  

O‘zA