French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qishda ham bog‘larda ish qizg‘in
15:54 / 2024-02-12

Yo‘l-yo‘lakay

Yurtimizda qish fasli hukm surayotgan bir pallada yog‘in-sochin, sovuqlarga qaramay bobo dehqonlar dalada bahorgi mavsum tadorigini boshlab yuborishgan. Kimdir yerlarga mahalliy o‘g‘it sepayotgan bo‘lsa, yana kimdir ariq va zovurlarni mavsumga tayyorlamoqda. 

Ayni paytda bog‘bonlarning ham ishi qizg‘in. Dov-daraxtlar “uyqudan bosh ko‘tarmasidan” ularga shakl berish zarur. Aslida bu yumush bog‘dorchilikda sifatli va mo‘l-ko‘l hosil olishning eng muhim talablaridan biri. Qay boqqa qaramang, mirishkorlarning daraxt kesish yumushlariga ko‘zingiz tushadi. 

[gallery-15928]

Samarqand viloyatining Urgut tumaniga qilgan xizmat safarimizda yo‘l-yo‘lakay “Qorabuloq agro-invest” fermer xo‘jaligiga qarashli bog‘larda ana shunday qizg‘in ish jarayoniga guvoh bo‘ldik. Bog‘bonlarni muhim yumush chog‘ida bezovta qilmaslik uchun suhbatga tortmadik. Faqat guvohi bo‘lganimiz manzaralarni fotosuratlarga muhrladik. 

Alisher ISROILOV (surat), O‘zA