Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish tagida uxlaydi bahor...
20:24 / 2022-03-23

Kechagina bog‘larimizda bodom, o‘rik gullab, shaftoli endiga gulga kira boshlayotgan, olma, behi, nok barg chiqarib, chiqarmay kurtak ko‘rsatayotganida, tog‘larda gul-chechak, chuchmomolar bo‘y cho‘zib Navro‘z kirib kelganidan darak berayotgan edi.

Bugun esa deyarli butun mamlakatimizdagi kabi Jizzax viloyatida ham hovo harorati pasayib, voha bo‘ylab yog‘ayotgan yomg‘ir qorga aylandi.

Viloyatning tog‘li Baxmal, Zomin, Yangiobod, G‘allaorol, Forish, Sharof Rashidov tumanlaridagi tog‘li va tog‘oldi qishloqlarida, kechagina uyg‘ongan bahor yana uyquga ketib, oppoq ko‘rpasiga qaytib burkanib olgandek, go‘yo. Cho‘l va past tekislikdagi shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda esa yoqqan qor garchand yer va asfaltlarda erib ketayotgan bo‘lsada, daraxt shoxlari laylak qor parchalarini ilib-ilib qolmoqda.

Bunday paytda, nuroniy keksalarimiz, tabiatning har hodisasida bir hikmat bor, barchasi yaxshilikka ko‘rinsin, deydi duo qiladi. 
Darhaqiqat, barchasi yaxshilikka bo‘lsin.

A.QAYUMOV, O‘zA