English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Qish qiyinchiliklariga qarshi tizimli choralar (+video)
16:43 / 2025-12-19

Qish faslining sovuq nafasi, ayniqsa, qor yog‘ishi bilan bog‘liq ob-havo sharoiti yo‘l harakati xavfsizligiga alohida e’tibor qaratishni taqozo etadi.

Shu ma’noda Jizzax viloyatining olis Arnasoy tumanida qish mavsumiga xos murakkab sharoitlarda transport harakatining uzluksizligi va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida tizimli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llari maxsus texnika va ishchi kuchlari jalb etilgan holda muntazam ravishda qordan tozalanmoqda. Bu esa haydovchilar uchun yo‘llardagi ko‘rinishni yaxshilash, transport vositalarining bemalol harakatlanishiga shart-sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.

Shuningdek, yo‘l qatnov qismlarida sirpanish holatlarining oldini olish maqsadida qum-tuz aralashmasi sepish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda. Bu tadbirlar orqali nafaqat transport vositalarining barqaror harakati ta’minlanyapti, balki yo‘l-transport hodisalari xavfi ham sezilarli darajada kamaytirilmoqda.

Aytish joizki, mazkur chora-tadbirlar qish mavsumida fuqarolar, haydovchilar va yo‘l harakati qatnashchilari uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga qaratilgan. Ob-havo sharoitidan kelib chiqqan holda, bu yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham doimiy nazorat asosida davom ettirilishi rejalashtirilgan.

Qisqasi, Arnasoy tumanida qish qiyinchiliklariga qarshi ko‘rilayotgan bunday amaliy choralar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir.

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/JGrH4bo-9jg" title="Qish qiyinchiliklariga qarshi tizimli choralar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Abdujalol Qayumov (video, surat), O‘zA muxbiri